Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə83/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

68- DARS

Mavzu. Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf. 162-164- mashqlar

Maqsad. Kishilarning ismi va familiyasi haqidagi tasavvurni aniqlash; ism va familiyani bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish va dars mavzusini bildirish.

Mashqni ko'rib chiqish va kim?, nima? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni aniqlash. Kim?, nima? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar haqidagi qoidani darslikdan o’qitish.

— Endi darslikda berilgan savolni o'qing. Shu savolga javob bering. (O'quvchilar bilganlarini aytib beradilar.)

— Biz bugun kishilarning ismi va familiyasini bosh harf bilan boshlab yozishni o'rganamiz.



II. Kishilarning ismi va familiyasida bosh harfning ish/atilishi haqidagi ko 'nikmani shakllantirish.

1. 162- mashqni birgalikda bajarish.

2. O'qituvchi bolalarga tanish bo'lgan «Kitobim — oftobim» kitobini ko'rsatadi va kichik she'r yoki matnni o'qib beradi.

— Bu kitobni kim yozgan? Muqovasida yozilgan ism va familiyani o'qing. (O'qiydilar.) Familiya oldida turgan bosh harflar nimani bildiradi? Kitobni yozgan kishilarning ismi va familiyasini to'liq o'qing. O'qituvchi kitobni yozganlaming ismi va familiyasi kitobning oxirgi betida yozilishini aytib bir o'quvchiga o'qitadi.

— Ism va familiya qanday harf bilan boshlangan? Daftaringizga yozing. O'zingiz bilgan yozuvchilarning ismi va familiyasi qatnashgan gap tuzing. («Kitobim — oftobim» kitobini Quddus Muhammadiy yozganlar.)

III. 163- mashqni topshiriqlari tartibida bajarish.

Mashq matnini yozishdan oldin talaffuzda (aytilganda) so'z oxirida jarangsiz jufti t, p tovushi eshitilsa ham. d, b harfi yoziladigan so'zni aniqlaydilar, qaysi harfni yozishni aytadilar.


IV. Darsni yakunlash.

— Darsda qaysi qoidani bilib oldingiz?

V. Uyga vazifa. 164- mashq. Alifboni takrorlang; «O'qish kitobi»dan to 'rtta yozuvchining ismini alifbo tartibida yozing.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin