O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016-2O17
71-dars
Mavzu. Ism va familiyani to'g'ri yozish. 170-172-mashqlar
Maqsad. A) Ta’limiy: Kishilarning ismi va famihyasini bosh harf bilan yozish ko'nikmasini o'stirish.
B) Tarbiyaviy: o’zaro do’stlik va ahillikka o’rgatish;
C) Rivojlantiruvchi: O'rni almashtirib berilgan so'zlardan so'roq berish yordamida gap tuzish tasavvurini shakllantirish.
Darsning turi:___________
Darsning metodi: _______________
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
Hikmatli so'zni 3—4 o'quvchiga yod ayttirib, uni o'quvchilar qanday yodlaganini tekshirgach, yoddan yozdinladi va tekshiriladi.
II. Kishilarning ismi va familiyasini to 'g'ri vozish ko 'nikmasini o'stirish mashqlari.
1. Mazmunga mos ism va familiyalarni aniqlash va to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish. 170- mashq.
2. O'rni almashtirib berilean so'zlardan gap tuzish tasavvurini o'stirish. 171- mashq.
Bunday so'zlardan gap tuzish uchun avval gap kim haqida aytilganini bildirgan so'zni va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni aniqlaymiz: 1-gap kim haqida aytilgan? (Biz.) Biz haqimizda nima deyilgan? (O'qiymiz.) So'ng boshqa so'zlarga so'roq berish yordamida o'zaro bog'langan so'zlarni topamiz' nimalarni o'qiymiz? (She'rlarni.) Kimning she'rlarini? (Quddus Muhammadiyning.) Qanday o'qiymiz? (Sevib.) Gapni yozamiz. Biz Quddus Muhammadiyning she 'rlarini sevib o'qiymiz.
2-gap kim haqida aytilgan? (Said.) Said haqida nima deyilgan? (O'qidi.) Nimani o'qidi? (Ertakni.) Kimning ertagini? (Hamid Olimjonning.) Qaysi ertagini? («Oygul va Baxtiyor».) Gapni yozamiz: Said Hamid Olimjonning «Oygul va Baxtiyor» ertagini
o 'qidi.
3- gap kimlar haqida aytilgan? (Anvara va Ra'no.) Ular haqida nima deyilgan? (Ko'rdilar.) Nimani ko'rdilar? (Filmni.) Kim haqidagi filmni? (Alisher Navoiy haqidagi.)
Gapni yozamiz: Anvara va Ra 'no Alisher Navoiy haqidagi filmni ko 'rdilar.
III. Birxilaytiladigan so'zlarni aniqlash vayozilishidagifarqni tushuntirish.
Ukam Aziz birinchi sinfda o 'qiydi.
Bola aziz, odobi undan aziz. (Maqol)
O'quvchilar aytilishi birxil bo'lgan Azizv a aziz so'zlarini aniqlaydilar. Birinchi gapdagi Aziz so'zi (kishi) bolaning ismi, shuning uchun bosh harf bilan boshlab yozilganini aytadilar.
IV. Darsni yakunlash.
V. Uyga vazifa. 172- mashq.
Dostları ilə paylaş: |