Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə116/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A

Sana:-------.2016-2O17

93- dars

Mavzu: Takrorlash.

Ona tili va o'qish materiallaridan foydalanilgan holda o'tkaziladigan yaxlitlashtirilgan dars.

Maqsad. 8- Mart — onajonlar bayrami ekanligi haqida ma'lumot berish, o'quvchilarda ushbu bayramga hurmat tuyg'ularini tarbiyalash; ona tili fanidan olingan bilimlarni mustahkamlash.

B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;

C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: aralash; _______________

Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar

.Darsning borishi.

I. Darsni tashkil etish.

II. Dars maqsadini e 'Ion qilish.

III. 8- Mart bayrami haqida suhbat.

— Bolalar, bugun qanday bayram arafasida turibmiz? (8- Mart bayrami.)

— 8- Mart qanday bayram? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar).

— To'g'ri, bu bayram buvijonlarimiz, oyijonlarimiz, opalarimiz, amma-xolalarimiz, qo'ying-chi, barcha ayollarimiz bayramidir. Biz ushbu kun biz uchun dunyoda eng aziz bo'lgan buvijon-u oyijonlarimizni, opa-yu singillarimizni, amma va xolalarimizni, qo'ni-qo'shni, tanish-bilish ayollarni bayram bilan qutlaymiz, ezgu tilaklar tilaymiz.



IV.«O'qish kitobi» bilan ishlash.

— «O'qish kitobi»dagi Abulqosim Firdavsiyning «Ona aziz» hik-matini va Hilola Isoqovaning «Buvijonimga» she'rini o'qiymiz. (Hikmat va she'r bir necha o'quvchiga o'qitiladi va mazmuni o'qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi.)



V. Dam olish lahzasi.

Onani tarannum etuvchi qo'shiq jo'rligida harakatli mashqlar.



VI. Hikmat va she 'rni grammatik tahlil qilishga o 'tish.

— Ona tili daftaringizga yuqorida o'qigan hikmatimizdan ikkita so'zni (masalan, «quloq», «kunduz») ko'chirib yozing va uni bo'g'in-tovush jihatidan tahlil qiling. (O'qituvchi o'quvchilar ishlarini aylanib ko'rib, ishni to'g'ri bajarganlarni rag'batlantiradi.)

— Endi o'qigan she'rimizdan narsa nomini bildirgan so'zlarni aniqlang va shu so'zlardan qatnashtirib bitta gap tuzing.

Tuzilgan gaplar saralab sinf taxtasiga yozdiriladi. Kim?yoki nima? haqida aytilgan so'zlarning tagiga bitta, u haqda nima deyilganligini bildirgan so'zlar tagiga ikkita chizdiriladi. Harakat bildirgan so'zlarga so'roq beriladi.



VII. Darsni yakunlash.

— Bugun darsda nimalarni bilib oldik? so'rog'iga javob berish.



VIII. Uyga vazifa. «Ona aziz» hikmatini va «Buvijonimga» she'rini ifodali o'qish, bayram haqida 2 ta gap tuzib yozish, undagi harakat bildirgan so 'zlarning tagiga chizish.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin