Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə122/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

97- dars

Mavzu. Qanday?. qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. Qarama-qarshi ma'noli so'zlarni kuzatish.224-227-mahsqlar

Maqsad. Matndagi narsalarning belgisini bildirgan so'zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli foydalanish ko'nikmasini o'stirish. Qarama-qarshi ma'noli so'zlar bilan tanishtirish.

B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;

C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: aralash; _______________

Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Izohli yozuv.

Hayvonot bog'iga katta, aqlli va zo'r hayvonlar keltirdilar. Uning dumi kalta, quloqlari katta. U og'ir ishlarni xartumi bilan bajaradi.

— Hayvonot bog'iga qaysi hayvon keltirilganini toping. (O'qituvchi fil rasmini ko'rsatadi.) Uning fil ekanini aniqlashda sizga qaysi so'zlar yordam berdi?

O'quvchilar matnni yozadilar, tekshiradilar.



III. Nutqda hayvonlarning belgisini bildirgan so'zlaming ishlatilishini kuzatish.

O'qituvchi olmaxon, quyon, tulki, jirafa kabi hayvonlarning asosiy belgilarini aytadi, o'quvchilar ularning nomini topadilar.

1. Kichkina, chaqqon, dumi uzun, juni yumshoq hayvon. U o'r-monlarda yashaydi. 2. Juni yumshoq, kulrang, oq, qulog'i uzun, dumi kalta, o'zi chaqqon, ammo qo'rqoq hayvon. U xonadonlarda ham boqiladi. 3. Juni yumshoq, kulrang. Dumi uzun, o'zi ayyor yirtqich hayvon.

4. Bo'yni juda uzun, katta hayvon. U baland shoxlardagi barglarni ham yeyaveradi.

2. Mazmunga mos so'zlarni qo'yib, hayvonlarni tasvirlab yozish. 225- mashq.

IV. Qarama-qarshi ma 'noli so'zlar ustida kuzatish. 226- mashq.

Bu mashqni bolalar ongli bajarishlariga erishish uchun awal ular qarama-qarshi ma'noli so'zlar bilan amaliy tanishtiriladi. Shu maqsadda ikki narsa bir xil belgisiga ko'ra taqqoslanadi.

Masalan, shakliga (katta-kichikligiga) ko'ra fil bilan quyonni (fil katta, quyon kichkina), rangiga ko'ra ko'mir va qandni (ko'mir qora, qand oq), mazasiga ko'ra asal va garmdori (asal shirin, garmdori achchiq) qiyoslanadi.

O'quvchilarga, albatta, narsalar bitta bir xil belgilariga ko'ra taqqoslanishi uqtiriladi.

O'quvchilar darslikdagi xulosani o'qiydilar.

V. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz? Nima uchun narsalarning belgisini bildirgan so'zlarni. qarama-qarshi ma'noli so'zlarni bilish muhim.



VI Uyga vazifa. 227- mashq.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin