100- DARS
Mavzu. Xatolar ustida ishlash. Belgi bildirgan so'zlarni takrorlash.
Maqsad. Xatolarni to'g'rilash ko'nikmasini, narsa va shaxs belgilarini bildirgan so'zlarni aniqlash ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qilish va ularni to'g'rilash ustida birgalikda ishlash.
II. Maqollar bilan ishlash.
1. Maqollarni o'qib, mazmunini tushuntirishga tayyorlanish.
Yaxshi so 'z boldan shirin.
Halol mehnat — mo'l daromad.
Ko'chirib, qanday?so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni belgilash.
2. Uy vazifasini tekshirish. 229- mashq.
III. Belgi bildirgan so'zlarni aniqlash.
Svetofor
Uchta chaqnoq ko'zim bor:
Qizil, yashil, sap-sariq.
Yashil ko'zim chaqnasa,
Demak, bilki, yo'l ochiq.
Qizil ko'zim chaqnasa,
Yo'l bekilar taqa-taq.
Sariq ko'zim chaqnasa,
Bir oz kutgin hamma vaqt.
Muhammadjon Qo'shoqov
IV. Test savollari bilan ishlash.
V. Uyga vazifa. Belgi bildirgan so 'zlarni qatnashtirib ikkita gap tuzish va yozish.
101- dars
Dostları ilə paylaş: |