Mavzu: Belgini bildirgan so’zlar. 234-235-mashqlar.
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o'quvchilarni belgini bildirgan so‘zlar haqida bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
c) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning grammatik bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: mustahkamlovchi..
Darsning metodi: induktiv.
Darsning jihozi: tarqatmalar.
Darsning borishi:
1. Darsni tashkil etish. Sinf va o'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish,
2. Uy vazifasini tekshirish.
233-mashq. Ikkita uy hayvonini tanlang. Ularning belgilarini qiyoslab yozing. Belgini bildirgan so‘zlarning tagiga chizing.
III.Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.
234-mashq. O‘qing.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, mittigina gul bor ekan. U mayin tuproq ko‘rpasiga burkanib uxlashni yaxshi ko‘rarkan.
Bir kuni uxlayverib-uxlayverib zerikib ke-tibdi.
Ko‘rpasini ko‘tarib, bunday mo‘ralasa, osmonda yop-yorug‘, issiq bir narsa yaraqlab turganmish...
O‘tkir Hoshimov
Ko‘chiring. Narsa belgisini bildirgan so‘zlarni ajratib olib, yoniga so‘rog‘i bilan yozing.
Dostları ilə paylaş: |