106- DARS
Mavzu. Nechta?, qancha? yoki nechanchi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar.
Maqsad. Sanoq va tartibni bildirgan so'zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli foydalanish ko'nikmasini o'stirish.
B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: aralash; _______________
Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Sanoqni va tartibni bildirgan mazmunga mos so'zlarni qo'yib, matnni yozish. 238- mashq.
III. Maqollar ustida ishlash. Sanoqni bildirgan so'zlarni aniqlash..
IV. O'yin. «Qancha qoldi?»
To'qqiz vagon bor poyezd
Chiqdi janub tomonga.
To'qqiztadan televizor
Yuklangan har vagonga.
Qirqta televizorni
Jizzax, Samarqand oldi.
Xo'sh, qancha televizor
Termiz shahriga qoldi?
B. Omonov
O'quvchilar she'rni o'qiydilar. Sanoqni bildirgan so'zlarni aniqlab, o'zi bog'langan so'z bilan birga yozadilar. (Qancha?) To'qqiz vagon, (qancha?) qirqta televizor. Javob. (Qancha?) Qirq bitta televizor qoldi.
239- mashqdagi sonlarni qo’shib o’qish orqali so’z ma’nosini chiqariladi. Matn o'qilib, savollarga javob beriladi. So'ng grammatik topshiriq bajariladi. Boshqaotirmalar tuzishga harakat qilib ko’rishligi aytiladi.
V. Darsni yakunlash.
— Yana nimalarni bilib oldingiz?
VI. Uyga vazifa. Husnixat yozish
.
107- dars
Dostları ilə paylaş: |