Darsning maqsadini aytish.
II. Uy vazifasini tekshirish.
221-mashq tekshiriladi.
Og’zaki sovol- javob o’tkazaman.
— Bolalar, bugun qanday bayram arafasida turibmiz? (8- Mart bayrami.)
— 8- Mart qanday bayram? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar).
— To'g'ri, bu bayram buvijonlarimiz, oyijonlarimiz, opalarimiz, amma-xolalarimiz, qo'ying-chi, barcha ayollarimiz bayramidir. Biz ushbu kun biz uchun dunyoda eng aziz bo'lgan buvijon-u oyijonlarimizni, opa-yu singillarimizni, amma va xolalarimizni, qo'ni-qo'shni, tanish-bilish ayollarni bayram bilan qutlaymiz, ezgu tilaklar tilaymiz.
IV. «O'qish kitobi» bilan ishlash.
— «0'qish kitobi»dagi Abulqosim Firdavsiyning «Ona aziz» hikmatini va Hilola Isoqovaning «Buvijonimga» she'rini o'qiymiz. (Hikmat va she'r bir necha o'quvchiga o'qitiladi va mazmuni o'qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi.)
V. Dam olish lahzasi.
Onani tarannum etuvchi qo'shiq jo'rligida harakatli mashqlar.
VI. Hikmat va she 'rni grammatik tahlil qilishga o 'tish.
— Ona tili daftaringizga yuqorida o'qigan hikmatimizdan ikkita so'zni (masalan, «quloq», «kunduz») ko'chirib yozing va uni bo'g'in-tovush jihatidan tahlil qiling. (O'qituvchi o'quvchilar ishlarini aylanib ko'rib, ishni to'g'ri bajarganlarni rag'batlantiradi.)
— Endi o'qigan she'rimizdan narsa nomini bildirgan so'zlarni aniqlang va shu so'zlardan qatnashtirib bitta gap tuzing.
III.Yangi mavzu bayoni.
222-mahsq
Zulfiyaxonim qizlari matni o’qittiriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili 14 nafar qizga beriladi. Ular adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalarida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlardir. Bu qizlar a’lo xulqli, o’qishi, zukkologi, donoligi bilan ajralib turadilar. Kelajakda ana shunday qizlar qatoriga siz ham qo’shilishingiz mumkin.
V. Darsni yakunlash.
— Bugun darsda nimalarni bilib oldik? so'rog'iga javob berish.
VI. Uyga vazifa. «Ona aziz» hikmatini va «Buvijonimga» she'rini ifodali o'qish, bayram haqida 2 ta gap tuzib yozish, undagi harakat bildirgan so'zlarning tagiga chizish.
223-mashq
Dostları ilə paylaş: |