Sana:________ Tershirildi:______________
27- DARS
Mavzu. Alifbo.
Maqsad. O'zbek alifbosi va uning kishilar hayotidagi ahamiyati bilan tanishtirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Alifbo va uning kishilar hayotidagi ahamiyati bilan tanishtirish.
1. O'qituvchi familiyalari bir xil harf bilan boshlanadigan ikki-u'ch o'quvchini chaqiradi; ularga sinf o'quvchilarining familiyalari yozilgan varaqni beradi; ro'yxatdan o'zlarining familiyalarini topishni so'raydi.
Shunga o'xshash vazifani lug'atdan foydalanib o'tkazish ham mumkin: lug'atdan gerbjahon, loviya so'zini topish.
— Kim tez topadi? — so'raydi o'qituvchi.
O'quvchilar ma'lum vaqtdan so'ng shu so'zlarni topadilar (vazifani bajaradilar).
— Agar siz harflar tartibini bilganingizda, bu vazifani yana ham tezroq bajarardingiz. Kishilar juda qadimdan o'zaro kelishib, hamma harflarni ma'lum tartibda joylashtirganlar, — tushuntiradi o'qituvchi.
Suhbat davom etadi:
— O'zbek tilida nechta harf bor?
— Alifbo nima?
Bu savollarga javobni darslikdan topib o'qing.
O'quvchilar o'qiydilar: o'zbek alifbosida 26 ta harf va uchta harf birikmasi bor. Har bir harfning o'z nomi bor. Harflarning nomini tartib bilan xor bo'lib o'qiydilar (61- mashq). Alifbo tartib bilan qo'yilgan barcha harflardir. Alifboda har bir harfning o'z nomi bor.
2. O'quvchilar alifbodagi birinchidan beshinchigacha bo'lgan harflar bilan boshlanadigan beshta so'z aytadilar va ularni yozadilar. (Mashq birgalikda bajariladi.)
3. Hayotda biz alifbodan qachon va nima uchun foydalanishimiz haqida suhbat o'tkaziladi. Suhbatni o'qituvchi umumlashtiradi. (Kutub-xonada kitoblar alifbo tartibida joylashtiriladi, kasalxonalarda kasallaming varaqalari alifbo tartibida qo'yiladi, ro'yxatlarda familiyalar alifbo tartibida voziladi, lug'atlarda so'zlar alifbo tartibida beriladi. Alifbodan kutubxonada kitoblarni, varaqalarni, lug'atdagi kerakli so'zlarni tez topish uchun foydalanamiz.)
III. Alifbodan foydalanish ko 'nikmasini shakllantirish yuzasidan mashq.
1. 61—62-mashqlar (og'zaki), 63—64-mashqlar yozma bajariladi.
2. — Gapda nechta so'z bor? Shu so'zlar qaysi harf bilan boshlangan?
Jo'ja va jiblajibon
Juda, jo 'ra, jonajon1.
— Je harfidan keyin qaysi harf turibdi? Ve harfidan keyin-chi? (O'quvchilar alifboga qarab aytadilar.)
— Shu harf bilan boshlanadigan so'zlardan ayting. (O'quvchilar aytgan so'zlardan ayrimlari aytib turib yozdiriladi.)
IV. Darsni yakunlash.
— Bu darsda siz nimalarni bilib oldingiz? Savolga o'quvchilar javob beradilar, o'qituvchi javoblarni qisqa umumlashtiradi.
V. Uyga vazifa. 65- mashq. Alifboning sakkizinchi harfigacha tartib bilan yodlash.
Dostları ilə paylaş: |