O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016
38- DARS
Mavzu. So'zlarni bo'g'inlarga bo'lish. 78-82-mashqlar
Maqsad. So'zdagi unli tovush soniga asoslangan holda uni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini o'stirish; o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lib aytib ko'chirish ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.
I. Darsning maqsadini aytish.
— So'zni bo'g'inlarga bo'lishni va bo'g'inlab aytib, to'g'ri yozishni o'rganamiz.
II. Uy vazifasini tekshirish.
III. So'zlarni bo'g'inlarga bo'lib, izohlab, gapni (masalan, savobli ishni har kuni qilish kerak) aytib turib yozdirish. O'quvchilar yozgan larini tekshiradilar. Unli harflar tagiga chizadilar, so'zdagi bo'g'inlar sonini aytadilar.
IV. Bo'g'in nechta tovushdan tuzilganini kuzatish. 78- mashq.
O'quvchilar a-nor, u-zum, ol-xo'-ri kabi so'zlarni bo'g'inlab aytadilar, bo'g'in nechta tovushdan tuzilganini, har bir bo'g'inda bir unli tovush va ikki-uch undosh tovush borligini aytadilar. Tuzgan so'zlarini bo'g'inlarga bo'lib, chiziqcha bilan yozadilar va unli harf tagiga chizadilar.
V. Qoida ustida ishlash.
Qoidalar o'qiladi, bo'g'in bir unli tovushdan. bir unli va bir necha undosh tovushdan tuzilishini bilib oladilar.
VI. O'rganilganlarni mustahkamlash. 102-103- mashqlar. 104-mashqdagi «Narxlar» matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. So 'ng mashqning grammatik topshirig'i bajariladi.
VII. Darsni yakunlash.
— So'zda nechta bo'g'in borligini qanday bilamiz? Misollar bilan isbotlang.
— Bo'g'inda nechta tovush bo'ladi? Bu haqda darslikdan o'qing. Misollar ayting.
VIII. Uyga vazifa. 82- mashq.
Dostları ilə paylaş: |