Sanoat binolarining hajmiy – rejaviy yechimi


Rasm 6. Bir qavatli ishlab chiqarish binolarini hajmiy – fazoviy va tuzilmaviy yechimlari sxemalari



Yüklə 107,01 Kb.
səhifə2/4
tarix06.12.2022
ölçüsü107,01 Kb.
#72550
1   2   3   4
sanoat

Rasm 6. Bir qavatli ishlab chiqarish binolarini hajmiy – fazoviy va tuzilmaviy yechimlari sxemalari
a-v – yopma qo‘yilganda (a – oraliqli, b – yacheykali, v – zalli), g – shuni o‘zi, pavilionli
Ishlab chiqarish alohida joylashgan korxonalar katta qurilish maydonini egallaydi, muhandislik va transport tarmoqlar uzunligi va maydonning obodonlashtirish hajmi ko‘payadi, ishlab chiqarishni potok shaklida tashkil etish va syexlararo transportdan foydalanish yo‘qoladi.
Hozirgi zamon amaliyoti ko‘rsatayaptiki, bir turdagi ayrim vaqtlarida har hil texnologik jarayonli ishlab chiqarishni bir bino tarkibida bloklashtirish yaxshi natija bermoqda. Bir tom ostida hamma asosiy, yordamchi, qo‘shimcha bino va omborlar joylashadi.
Binoni bloklashtirishda texnologik asbob – uskunalarni o‘rnatish ko‘p variantli bo‘lishi bilan, korxona maydonini 30 – 40% ga qisqartirishga, tashqi devorlar perimetrini 50% kamaytirishga, qurilish tannarxini 10 –15% ga pasaytirishga, transport yo‘llari va muhandislik tarmoqlarini qisqartirishga, binodan foydalanish va maydonni obodonlashtirish xarajatlarini pasaytirishga olib keladi.

Binolarni rejalashtirishda ishlayotgan ishchilarni, olib kelinayotgan xom ashyoni va chiqarilayotgan mahsulotni harakat joylarini to‘g‘ri tashkil etish kerak, hamda qulay, havfsiz, qisqa yo‘llar bilan harakat qilish, kesishish joylarida havfsiz o‘tish joylari bo‘lishini tahminlash talab etiladi.
Sanoat binolari kavatini tanlash.
Bir qavatli sanoat binolarining yutuqlariga texnologik jihozlarni o‘rnatish osonligi,yuklarni olib kelish va tashishda gorizontal transportdan foydalanish, oddiy hajmiy – rejaviy va tuzilmaviy yechimi bo‘lishi, ishlash joylarini tabiiy yorug‘lik (yorug‘lik fonarlari) bilan tahminlash, ochiq o‘rinlar va fonarlar orqali tabiiy shamollatishni tashkil etish, ishlab chiqarish xonalarini bir – biri bilan qulay aloqasi kiradi.
Kamchiligi qurilishi maydonining kattaligi, muhandislik va transport tarmoqlarining uzunligi, tashqi yopmalar maydonining kattaligi, obodonlashtirish, va ichki muhitni berilgan parametrlarda ushlab turish,foydalanish xarajatlarining ko‘pligidir.

Yüklə 107,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin