Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Echim: 1) Mahsulot hajmi  50000 : (300 – 100)  250 birlik



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə84/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Echim:
1) Mahsulot hajmi  50000 : (300 – 100)  250 birlik
Tekshiruv:
Sotish hajmi 250 x 300  75000
O’zgaruvchan xarajatlar 250 x 100  (25000)
Marjinal daromad 50000
Doimiy xarajatlar (50000)
Foyda 0
2) Mahsulot hajmi  (55000 + 200000) : (300 – 100)  1275 birlik
3) 250 birlik  (55000  200000) : (X - 100)
X-100  255000 : 250
X  1020 + 100
X  1120


3. Zararsizlik tahlilining grafik kqrinishi


Zararsizlik nuqtasi grafigini tuzish. Zararsizlik nuqtasida rejadagi sotish hajmi va sotish hajmi urtasidagi fark zararsizlik marjasi deyiladi.
Zararsizlik grafigi
















Xarajatlar va







Sotishdan olingan daromad




daromadlar







Jami xarajatlar




























O’zgaruvchan xarajatlar













Doimiy xarajatlar

























Zararsizlik marjasi




























Zararsizlik nuqtasi

Rejadagi yoki haqiqiy hajm

Ishlab chiqarish hajmi

Ushbu grafikni dars davomida konkret misol yordamida ko’rib chiqish ma’qulroqdir. Biz darsning boshlanishida keltirilgan misol yordamida A kompaniyasi bo’yicha grafikni chizamiz.
Marjinal daromad grafigi
Mazkur shaklning afzalligi shundaki, bunda marjinal daromad ajratib kqrsatilgan va u daromadlar chizig’i va qzgaruvchan xarajatlar chizig’i oralig’iga teng bqlganligini kqrsatuvchi ma’lumotlarning aks ettirilishidir.
Grafik usulning yordamida tahlil diapazoni, xavfsizlik marjasi va marjinal daromad o’zgarishini ko’rib chiqish mumkin.

Xavfsizlik marjasi


Xavfsizlik marjasi kompaniya zarar kqrishidan oldin sotish hajmi hanchaga hiskarishi mumkinligini kqrsatadi. Uni huyidagi nisbat orkali foiz kqrinishida aks ettirish mumkin:


Zararsizlik nuhtasidagi sotish hajmi


Xavfsizlik marjasi  1 - --------------------------------------------------------------
Kutilayotgan sotish hajmi

Sotishning rejadagi hajmi : 80,000 dona.


Sotish bahosi : 800
Qzgaruvchan xarajatlar ; 400 bir birlik uchun.
Doimiy xarajatlar : 20,000 ming so’m davr uchun

Zarar kqrmaslik uchun sotish hajmi va xavfsizlik marjasini hisoblang.




Echim:
Zarar kqrmaslikning sotish hajmi  20000 m.s. : (800 - 400) 50000 dona

Xavfsizlik marjasi  1 – ( 50000 : 80000) 0,375 yoki 37,5 %


Demak, korxona mahsulot hajmini 37,5 % gacha kamaytirishi mumkin ekan, xolos. Tekshirish: 80000 x 37,5%  30000 dona.



  1. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita xarajatlar hisobi. Egri va to’g’ri xarajatlar hisobi. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobdan chiqarish hisobi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan uchta asosiy xarajat elementini ajratish mumkin:


1. To’g’ri material xarajatlari
2. To’g’ri mehnat xarajatlari
3. Ustama ishlab chiqarish xarajatlari
To’g’ri material xarajatlariga ishlab chiqarilgan konkret mahsulotgacha kuzatish mumkin bo’lgan material xarajatlar kiritiladi. Ko’pchilik hollarda bu asosiy materiallar bo’yicha xarajatlardir.
Asosiy materiallar deb bevosita konkret mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy ishlab chiqarish xarajatlariga aytiladi. Masalan, stol ishlab chiqarish uchun ishlatilgan yog’och yoki taxta asosiy material deb tasniflanadi. Turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlaydigan uskunalarni ta’mirlash uchun ishlatilgan materiallar esa yordamchi materiallar deb tasniflanadi. Ammo ba’zida bevosita mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan ayrim asosiy materiallarni ham asosiy materiallar singari to’g’ridan-to’g’ri tannarxga qo’shish imkoni bo’lmaydi. Masalan, stol ishlab chiqarish uchun ishlatilgan mixning qiymati ahamiyatli bo’lmaganligi uchun uni to’g’ri xarajat deb stol tannarxiga kiritish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Buning sababi shuki, bu xarajatlarni bir stol uchun aniqlash maqsadida qilingan harajatlar o’zini oqlamaydi. Bu esa yordamchi materiallarni umumishlab chiqarish xarajatlarining biri sifatida hisobga olinishini taqazo etadi.
To’g’ri (asosiy) mehnat xarajatlari tarkibiga konkret ishlab chiqarilgan mahsulot uchun hisoblanishi mumkin bo’lgan asosiy ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlari kiradi. Bunga misol tariqasida ko’ylakni tikkan chevarning yoki mahsulotni yig’ishda ishtirok etgan yig’uv tsexi ishchisining ish haqini keltirish mumkin. Bunga qarama-qarshi holda ombor xodimi yoki xizmat ko’rsatuvchi boshqa bir shtatdagi xodimning ish haqini alohida mahsulot tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib borib bo’lmaydi. Bunday ish haqi xarajatlari ham yordamchi materiallar kabi ustama ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy material xarajatlari va asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnat xarajatlari ishlab chiqarish uchun asosiy xarajatlarni tashkil qiladi va ular mahsulot tannarxiga to’g’ridan to’g’ri kiritiladi.
Ustama ishlab chiqarish xarajatlari esa mazmuniga ko’ra ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, ular mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bilvosita bog’liq xarajatlar deyiladi. Ustama ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga ko’ra murakkab bo’lib, uning tarkibiga yordamchi materiallar, yordamchi ishchilarning ish haqi, ijara va kommunal xarajatlar kabi boshqa egri ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi. Boshqacha aytganda, ular mahsulot tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri emas, balki egri yo’l, ya’ni taqsimlash orqali kiritiladi.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin