Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar Fan bo’yicha laboratoriya ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Kurs ishining maqsadi talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos iqtisodiy yechimlar qabul qilish va zamonaviy marketing kontseptsiyalarini qo’llash ko’nikmalarini hosil qilishdir. Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalaridagi marketing jarayonlariga bog’liq korxona sharoiti uchun belgilanadi.
“Marketing” fani bo’yicha kurs ishi mavzulari kafedra yig’ilishida tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ta’limning turli shakllari mavjud bo’lib, unda talaba o’qituvchi rahbarligida fan bo’yicha yangi bilimlarni, o’quv va ko’nikmalarni o’zlashtirish, ijodiy faoliyatni amalga oshira oladi.
Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:
– tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
– maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
– talabalarning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;
– masofaviy ta’lim;
– faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalanilgan o’quv mashg’ulotlari.
o’quv qo’llanmalari yordamida fan mavzularini o’rganish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: Marketing uslubiy asoslari.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida bozorni kompleks o’rganish.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida marketing kontseptsiyasi va uni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish.
Bozorni segmentlash xususiyatlari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini marketing tamoyillari asosida rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.
O’zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiyalash sharoitlarida marketingni rivojlantirishni o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekistonda marketingni vujudga kelishi va rivojlanishi – tadbirkorlik faoliyatini alohida turi sifatida.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida marketing-miks tizimida narx siyosatini roli.