Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 1 Mb.
səhifə76/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Fanni o’qitishning maqsadi – iqtisodiyotda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish hamda jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda marketing faoliyatini to’g’ri tashkil etish va uni boshqarish, marketing faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari - marketingning mohiyati, marketingning asosiy tamoyillari, vazifalari va turlari, marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash, bozor kon’yunkturasini o’rganish va prognoz qilish, tovar, narx, taksimot, kommunikatsiya va siljitish siyosatlari kabilarni o’rgatishdir.


Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

“Marketing” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:


- marketing tushunchalarini va mazmunini, talab,taklif narx omillarini, marketing elementlarni, marketing kontseptsiyasi va uning mazmunini,tovar siyosati, narx siyosati, sotish siyosati va kommunikatsiya siyosatini bilishi kerak;
- marketingning asosiy rivojlanish bosqichlarini, marketing tamoyillari va funktsiyalarini o’rganish, bozor kon’yunkturasi holatini tahlil etish va bashorat qilish, marketing dasturini tuzilishi, strategik rejalashtirish jarayoni bosqichlari, bozorni segmentlash turlari, marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash, marketingni tarkibiy tuzilishi, komunikatsiya kompleksi elementlari tarkibi to’g’risida ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida talabga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, bozor sig’imi ko’rsatkichini aniqlash, raqobatbardoshlik darajasini aniqlash, aholining xarid fondini aniqlash va tahlil etish, korxonaning marketing faoliyatini tahlil etish malakalariga ega bo’lishi kerak.



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin