Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Marketing” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 3-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, iqtisodiy matematik usullar va modellar), umumkasbiy (mikroiqtisodiyot, statistika, menejment va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Raqobat kurashi tobora keskinlashib borayotgan, hamda mamlakatni modernizatsiyalash va tarkibiy o’zgartirishlar davrida mahsulot assortimentini yangilash, kengaytirish hamda raqobatbardoshligini oshirish yo’llarini ishlab chiqish;
ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to’ldirish;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari;
tovarlar raqobatbardoshligini oshirish;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish;
aholiga xizmat ko’rsatish sohasini yanada kengaytirish kabi muhim vazifalarni bajarishi bilan muhimdir.
Fanni o’qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari
Talabalarning “Marketing” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda internet materiallaridan keng foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi, ya’ni TDIUda “Marketing” kafedrasi professori Kosimova M.S., Ergashxodjaeva SH.J.lar muallifligida tayyorlangan “Marketing” fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi va o’quv - uslubiy majmuasi, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar xamda Power Point va Exel kompьyuter dasturlari va internet saytlaridan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |