Xulosalar Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la
yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki ayirboshlaydigan, ishlarni
bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha
shakllari teng huquqliligi asosida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini
ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub‘yekt korxona hisoblanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari shuningdek boshqaruv va xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘linmalar, ularning soni, ishlovchi xodimlar soni
umumiy strukturani tashkil etadi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini
ifodalaydi va korxona o‘lchamlaridan, sexlar soni, tarkibi, salmog‘i, planirovkasi,
ishlab chiqarish uchastkalari, ish o‘rinlarining tarkibida o‘z aksini topadi.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvchi xarakteriga ko‘ra korxona ishlab
chiqarish tuzilmasi texnologik, - buyumli (buyumli-yakunlangan), aralash
(buyumli-texnologik) ko‘rinishda tashkil etiladi.
Ichki bo‘linmalarning ma‘muriy xo‘jalik xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish
tuzilmasining sexli, sexsiz, kombinat va korpusli ko‘rinishlari ajratiladi
.
Nazorat savollari. 1. Korxona deb nimaga aytiladi?
2. Ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari nimalardan iborat?
3. Ishlab chiqarish korxonalarining turlari.
4. Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish-texnik birligi nima?
5. Korxonaning umumiy tuzilmasi nima?
6. Ishlab chiqarish tuzilmasi nima?
7. Ishlab chiqarish tuzilmasi qanday omillarga bog‘liq holda tashkil etiladi?
8. Ish o‘rni nima va uning qanday turlari ajratiladi?
9. Ishlab chiqarish tuzilmasining qanday shakllari qo‘llaniladi?
10. Texnologik tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklari.