Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
4-masala. Korxona tarkibiga quyidagi bo‗limlar kirgan: 
A) sexlar- mexanik ta‘mirlash, qurilish-ta‘mirlash, instrumental, mexanika, 
cho‗yan quyish, po‗lat quyish, shixta tayyorlash, avtotransport, temir yo‗l,
elektrotransport, ehtiyot qismlar, omborxona,instrumental-shtamplash, mexanik 


yig‗ish,avtoyig‗ish, avtopritsep, avtobus ishlab chiqarish sexi, uzatish korobkasi 
sexi, 
B) bo‗limlar-metall bilan ta‘minlash, sotish, marketing, eksport, import, reja-
iqtisod, MvaIH, bosh konstruktor, xuquqshunoslik, moddiy texnik ta‘minot, 
kadrlarni boshqarish, bosh texnolog. 
V) xizmat ko‗rsatish-madaniyat saroyi,bolalar muassasalari,yotoqxonava 
boshqa. 
Zavodning umumiy va ishlab chiqarish tuzilmasini tuzing. Asosiy, yordamchi 
va xizmat ko‗rsatuvchi bo‗limlarga tavsif bering. 


III BOB. 
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNI TASHKIL 
ETISH ASOSLARI
 
 
Tayanch so’z va iboralar.
Ishlab chiqarish jarayoni, elementlari, asosiy jarayon, yordamchi jarayon, 
texnologik operatsiya, ishlab chiqarishni samarali tashkil etish tamoyillari, xizmat 
ko‘rsatish. 
 
3.1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy elementlari. 
Har qanday korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish jarayoni tashkil 
etadi. Shu sababdan korxona muvaffaqiyati ana shu jarayonni qanday tashkil 
etilishiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uning 
samaradorligini oshiradi, moddiy xarajatlarni kamaytiradi, mehnat sarfini 
qisqartirib, tannarxni pasaytiradi. Shu o‘rinda ishlab chiqarish jarayoni haqida 
ma‘lumot berish maqsadga muvofiqdir. 
Ishlab chiqarish jarayoni - mahsulot ishlab chiqarish uchun mazkur korxonalar 
va mehnat qurollari harakatlarining majmuidir yoki boshqacha qilib ta‘rif berilsa, 
ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat qurollari yordamida mehnat 
buyumlariga maqsadga muvofiq ta‘siri. 
Ishlab chiqarish jarayoni texnologik jarayonlar va yordamchi jarayonlardan 
tashkil topadi. 
Texnologik jarayon buyumlar holatini o‘zgartirishga qaratilgan ishlab chiqarish 
jarayoning bir qismidir. Texnologik jarayon texnologik operatsiyalar yig‘indisidan 
iborat. 
Texnologik operatsiya ish o‘rnining, ishlov berilayotgan mahsulotning va 
ishchining o‘zgarmasligi bilan xarakterlanadi , ya‘ni texnologik operatsiya bir ish 
o‘rnida , bir ishchi tomonidan bir buyum ustida bajariladigan jarayondir. Ana shu 
elementlardan 
birortasining o‘zgarishi bir operatsiya tugab ikkinchisi 
boshlanganligidan dalolat beradi. 


Qo‘llaniladigan jihozlarga ko‘ra texnologik operatsiyalarning quyidagi turlarini 
ajratish mumkin: 
1. Qo‘l operatsiyalari (mashina yordamisiz qo‘lda bajariladi). 
2. Mashina qo‘l operatsiyalari (ishchi va mashinalar yordamida bajariladi. 
Masalan: tikuv mashinalarida bajariladigan operatsiyalar). 
3. Mashina operatsiyalari (jarayon ishchining ishtirokisiz bajariladi, ishchining 
funksiyasi jihozni ishga tayyorlashdan iboratdir. Masalan: tokorlik stanoklarida 
bajariladigan operatsiyalar). 
4. Avtomatlashgan operatsiyalar (ishchining ishtirokisiz amalga oshiriladi). 
Ishlab chiqarish jarayoni turli xil ko‘rinish va xarakterga ega bo‘lgan qismiy 
jarayonlardan tashkil topadi. Barcha qismiy jarayonlar asosiy va yordamchi 
jarayonlarga bo‘linadi. 
Xom ashyoning shakli va holatini bevosita o‘zgartirib, yangi mahsulot 
yaratadigan jarayon asosiy ishlab chiqarish jarayonidir (kiyimlarni bichish, tikish, 
dazmol bosish; avtomobil qismlarini yig‘ish va boshqalar).
O‘z navbatida asosiy jarayonlar mehnat va tabiiy jarayonlarga bo‘linadi. 
Ishlov berilayotgan buyumlarning shakli, o‘lcham, fizikaviy - kimyoviy 
xususiyatlarining o‘zgarishi bevosita insonning maqsadga muvofiq ta‘sirida ro‘y 
bersa ushbu jarayon mehnat jarayoni hisoblanadi. 
Tabiiy kuchlar ta‘sirida amalga oshiriladigan jarayonlar tabiiy jarayonlardir. 
Masalan, tabiiy qurish, ko‘pish. 
Asosiy jarayonlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonida yordamchi 
jarayonlar ham mavjud. Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarning uzluksizligini 
ta‘minlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Yordamchi 
jarayonlarga texnologik asbob-uskunalar tayyorlash, jihozlarni ta‘mirlash, 
mahsulot sifatini nazorat qilish, transpartirovka, moddiy boyliklarni saqlash 
jarayonlarini misol qilish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, ishlab chiqarish 
xarakteri bilan korxona tashkiliy tuzilmasi orasida chiziqli bog‘lanish yo‘q. Chunki 
asosiy sexlarda nafaqat asosiy jarayonlar, balki yordamchi jarayonlar ham 
bajariladi.


Xarakteriga ko‘ra ishlab chiqarish jarayoni sintetik, analitik, chiziqli 
jarayonlarga bo‘linadi. 
1. Sintetik jarayonlarda turli xil xom ashyo va materiallardan bir turdagi mahsulot 
ishlab chiqiladi (kostyum tikish, asosiy mato, astarlik mato, ip, tugma va
boshqalar). 
2. Analitik jarayonlarda bir turdagi materiallardan turli xildagi mahsulot ishlab 
chiqariladi (paxtadan - paxta ip, chigit, neftdan - turli xil yonilg‘i mahsulotlari). 
3. Chiziqli jarayonlarda bir xil xom ashyodan bir xil mahsulot ishlab chiqariladi 
(g‘o‘ladan doskalar tayyorlash).
4

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin