Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


 Ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish tamoyillari



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

3.2. Ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish tamoyillari. 
Korxona faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan ishlab chiqarish 
jarayonining qanday tashkil etilishiga bog‘liq. Ishlab chiqarishni tashkil etishga 
quyidagi talablar qo‘yiladi. 
 xususiy jarayonlar o‘rtasida uzluksizlikni ta‘minlash; 
 ishlab chiqarish quvvatlarida zaruriy proportsionallikni ta‘minlash; 
 mehnat buyumlarining samarali harakatini yo‘lga qo‘yish; 
 mahsulot ishlab chiqarish muddatini qisqartirish; 
 ishlab chiqarish vositalaridan va ishchi kuchidan samarali foydalanib bir 
maromda mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlashga erishish
 ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar iqtisodiga erishish. 
Ana shu talablarni bajarishda ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning 
tamoyillariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyillar 
quyidagilardan iborat: 
1. Proporsionallik tamoili ishlab chiqarish jarayonidagi ish o‘rinlarining bir xil 
o‘tkazuvchanligini ta‘minlashni ko‘zda tutadi. Detallar partiyasi ishlab 
chiqaruvchi ish o‘rinlarining quvvati quydagicha
4
Синицина Л.М. Организация производства (Учебное посоие) Минск УП ―ИВС Минфина‖ 2008






Q
1
-10 Q
2
-15 Q
3
-6, Q
4
-10 
dona/smena, dona/smena, dona/smena, dona/smena, 
Uchastka o‘tkazuvchanlik qobiliyati smenada 6 dona mahsulot
Demak 1va 4- ish o‘rnining quvvatidan foydalanish foizi 60% (6/10*100), 2 -ish 
o‘rniniki 40% (6/15*100). Detallarga talab 10 dona smena. Proporsionallikni 
ta‘minlash uchun 3 ish o‘rniga yana 1 stanok qo‘shish kerak. 2- ish o‘rinnii esa 
to‘liq quvvatda ishlashlarini ta‘minlash zarur. 
Proprsionallik koeffitsiyenti quydagicha aniqlanadi: 
Kpr=Qmin/Qmax 
Q
min
- minimum o‘tkazuvchanlik qobiliyati, 
Q
max
-maksimal quvvat. 
Ishlab chiqarish jarayonining orasida proporsionallikning buzilishi korxona 
faoliyati maromiyligining buzilishiga, jihozlarning to‘xtab qolishiga olib keladi. 
Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish samaradorligiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin