V BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING PARTIYALI
USULI
Tayanch so’z va iboralar.
Ilmiy texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash,
konstruktorlik
tayyorlash, texnik vazifalarni ishlab chiqarish, texnik taklifni tuzish,
eskiz
loyihasini yaratish, texnik loyihalashtirish, ishchi
hujjatlarni ishlab chiqarish,
texnologik tayyorlash, ishlab chiqarishni tayyorlash yo‘nalishlari, yangi mahsulot
tannarxi.
5.1.Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli tavsifi va uning
xususiyatlari
Ishlab chiqarishni tashkil qilinishning partiyali usuli mahsulot partiyasini
tayyorlash jarayonining tizimini ifodalaydi. Ushbu usul asosan seriyali ishlab
chiqarish korxonalarda keng nomenklaturadagi mahsulotni kichik miqdorda ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi va quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
1. Mahsulotni seriyalab tayyorlash detallarini ishlab
chiqarishga partiyalab
kiritish.
Seriya – barcha konstruktiv va texnologik jihatdan o‘xshash mahsulotlardir.
Partiya – ishlab chiqarishga bir vaqtda kiritiladigan detallar miqdoridir.
Ushbu usulning yuqorida ifodalangan xususiyati ishlab chiqarishdan
moslashuvchanlikni talab etadi.
2. Detallar partiyasi o‘lchami va ularning takrorlanish tezligiga bog‘liq holda
jihozlarni davriy ravishda qayta sozlash .
3. Jihozlarni bir turdagi stanok va agregatlar bo‘yicha joylashtirish.
4. Operatsiyadan
operatsiyaga
detallarning
partiyalab
uzatilishi
va
operatsiyalarni bajarish vaqti reglamentlashtirilmaganligi
sababli umumiy
transport vositalari (kran, telejka elektronora va hokazo) dan keng
foydalanish.
5. Universal va maxsus jihozlarni qo‘llash.
Korxonada ularning aniq nisbati bir xil tipdagi detallar partiyasi miqdori,
ularning takrorlanishi tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
6. Ishning bir maromiyligiga operatsiyalar davomiyligini
taktga moslashtirish
orqali emas, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi normativlarni ishlab
chiqarish va ularga rioya qilish orqali erishiladi.
Bulardan eng muhimlari: detallar partiyasi kattaligi,
ishlab chiqarish sikli
davomiyligi, partiyalarga kitirishning takrorlanish davri, zadellar miqdori, detallar
Dostları ilə paylaş: