VI BOB. SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI ILMIY-
TEXNIK TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH
Tayanch so’z va iboralar.
Ilmiy texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash,
konstruktorlik
tayyorlash, texnik vazifalarni ishlab chiqarish, texnik taklifni tuzish, eskiz
loyihasini
yaratish, texnik loyihalashtirish, ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish,
texnologik tayyorlash, ishlab chiqarishni tayyorlash yo‘nalishlari, yangi mahsulot
tannarxi.
6.1. Korxona strategiyasini hal etishda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik
tayyorlashning o’rni.
Fan-texnika
taraqqiyoti
ishlab
chiqarishni
intensiv
rivojlantirishning
asoslaridan
biridir.
Fan-texnika
taraqqiyoti
iqtisodiyotni
(intensiv)
rivojlantirishning hamma omillariga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi, mehnat
resurslaridan, ishlab chiqarishning
asosiy fondlaridan, moddiy resurslaridan
oqilona foydalanish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishish imkonini
beradi. Bu nima bilan izohlanadi?
Birinchidan, aynan fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini oshirishning,
mahsulot birligi hisobidan xarajatlarni kamaytirishning
hamda ishlab chiqarishda
band bo‘lgan har bir hodim hisobiga uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishning asosiy
manbaidir. Mehnat samaradorligining o‘sishi bilan bir vaqtda mehnatni va ishlab
chiqarishni ilg‘or darajada tashkil etish chiqarilayotgan mahsulotning va
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga faol ta‘sir ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish vositalari-mashinalar va
asbob-uskunalar,
binolar va inshootlar, xom-ashyo va materiallar yoqilg‘i va
energiya tarkibida bo‘lgan ashyolashtirilgan mehnatni yanada samaraliroq qo‘llash
uchun qulay sharoit yaratib beradi. Yangi samarali mashinalarni yaratish imkonini
beradi.
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishga kuchli
ta‘sir ko‘rsatadi.
Yuqori unumli texnika yirik ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida katta
samara beradi. O‘z navbatida faqat yirik korxonalarda va ishlab chiqarish
birlashmalarida fan va texnologiyani jadal takomillashtirishni ta‘minlovchi kuchli
ilmiy tadqiqot va loyihalash konstruktorlik bo‘linmalarini tashkil etish mumkin.
To‘rtinchidan, fan-texnika taraqqiyoti mehnat xarakterini o‘zgartirish va uni
yengillashtirish, uni ijodiy mazmun bilan boyitish kabi
ijtimoiy-iqtisodiy vazifani
hal etishni ta‘minlaydi.
Zamonaviy sharoitlarda har bir ishlab chiqarish korxonasi bozor iqtisodiyoti
sharoitida
yuqori
samaradorlikka
erishish
uchun
muntazam
ravishda
innovatsiyalarni joriy etib borishi zarur.
Innovatsiya – ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan material, mahsulot
yoki texnologiya hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish ishlab chiqarishning
barqarorligini buzadi, lekin shu bilan birga yangi sharoitga o‘tishga sharoit
yaratadi.
«Ishlab chiqarishni tayyorlash» tushunchasi juda keng tushuncha bo‘lib, u turli
xil boy xususiyatlarga hamda belgilarga egadir. Shuning uchun ham uning hamma
tomonlarini hisobga oluvchi tushuncha berish qiyin.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash yangi turdagi mahsulotlarni yaratish va
keng miqyosda ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ta‘minlaydigan texnik, tashkiliy
va iqtisodiy tadbirlar majmuyi.
Innovatsiya - ishlab chiqarishga birinchi
marta joriy etilgan material,
mahsulot yoki texnologiyalardir.
Ishlab chiqarishni tayyorlash iste‘molchilarning o‘sib boruvchi extiyojlarini
qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlarni yaratish va sotish qilish borasida
jamoalarning faoliyatidir.
Ishlab chiqarish tayyorlash ikki bosqichdan o‘tadi :
1) Ilmiy tadqiqotlar sikli;
2) Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash;
Dostları ilə paylaş: