Ilmiy tadqiqot ishlari fundamental, izlanuvchan, amaliy tadqiqotlarga
bo‘linadi.
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani
loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan tashkil topadi.
Texnologik tayyorlash o‘z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish,
texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat usullarini
tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oladi.
Texnologik tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshriladi.
Birinchi etapda konstruktorlik bo‘limida tayyorlangan barcha chizmalar
tekshirilib, tahlil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa ishchi chizmalarga, detallarning harakat
yo‘nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga
asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo‘g‘inlari uchun
texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks
ettiriladi.
Nazorat savollari.
1. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning mohiyati nimada?
2. Ishlab chiqarish konstruktorlik tayyorlash qanday bosqichlardan tashkil topadi?
3. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan maqsad nima?
4. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni qanday usullari mavjud?
5. Yangi yaratilgan texnika vositalari qiymati qanday aniqlanadi?
6. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni qanday xizmat bo‘limi amalga oshiradi.
7. Texnik tayyorlash mehnat sig‘imini hisoblash uchun qanday usullar
qo‘llaniladi?
8. Ishlab chiqarishni tayyorlash ob‘yekti nima?
9. Loyihalashtirilayotgan texnologik jarayonlar qanday hujjatlarda aks ettiriladi?
10. Kapital xarajatlarni qoplash muddati.
Dostları ilə paylaş: