9
Kqo’sh=K2 - K1
Kqo’sh= K2 - K1
1
2
Q
Q
Kqo’sh – qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar,
so‘m.;
K2, K1 – baza va loyihalashtirilayotgan yildagi
variantlar uchun zarur bo‘lgan umumiy kapital
xarajatlari, so‘m.
Xulosalar
Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob‘ekt va
maqsadni
belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni
rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta‘minlash
demakdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil
etish deganda mehnatni
muttasil va optimal ishlashni ta‘minlash, ishlab chiqarish ijrochilari va moddiy
texnika shart-sharoitlari o‘rtasidagi aloqalar tizimini
yaxshilashni mehnat
jarayonini to‘g‘ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq
kerak. Bunda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnatni me‘yorlash, mehnat
intizomi, mehnat va dam olish rejimi,
mehnat sharoitlari, mehnat muxofazasi,
mehnat haqi,
kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish va ularning malakasini
oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir.
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga
ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
uchun
kerakli bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlari bilan yetarli ta‘minlangan
maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi.
Ish joyini tashkil etish deganda, har bir
ish joyida yuqori mehnat
unumdorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni ta‘minlash bilan
bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni, mehnatning
mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta‘minlashga
qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi – bu
mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan
ishlar natijasi, ya‘ni
erishilgan iqtisodiy samaradorlikning jonli va o‘tmishdan mehnatga nisbatidir.
Dostları ilə paylaş: