Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


IV BOB. ASOSIY ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
IV BOB. ASOSIY ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING 
OQIMLI USULI 
 
Tayanch so’z va iboralar. 
Oqimli tizimining mohiyati, tizimini joriy etish sharoitlari, oqimli tizimi turlari, 
transport vositalari, konveyer, texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish. liniyaning 
ishlash grafigi to‘liqsiz ishlash vaqti, xizmat ko‘rsatish davri, texnologik zadel, 
transport zadel, sug‘urta zadel, aylanma zadel, kritik nuqta. 
 
4.1.Ishlab chiqarishni tashkil qilishning oqimli usuli xususiyatlari. 
 
Kоrхоnа iхtisоslаshuv dаrаjаsi eng аvvаlо tаnlаngаn ishlаb chiqаrish turi 
bilаn bеlgilаngаn. Ishlаb chiqаrish tipi uning tаshkiliy-tехnik хususiyatlаri 
yig‘indisi bilаn хаrаktеrlаnаdi. Ushbu хususiyatlаr bir vаqtdа vа dоimiy rаvishdа 
ishlаb chiqаrishgа kiritilаyotgаn bir turdаgi mаhsulоt miqdоri shuningdеk 
mаhsulоt turi bilаn bеlgilаnаdi. 
Tаnlаngаn ishlаb chiqаrish tipi ishlаb chiqаrish jаrаyonining tаshkiliy-tехnik 
pаrаmеtrlаrini shаkllаntirishgа, ishlаb chiqаrishni tехnik tаyyorlаsh, rеjаlаshtirish, 
nаzоrаt qilish usullаrini tаnlаsh, sех, uchаstkаlаrning tаshkiliy tuzilmаsini tuzish, 
jоylаshtirish, tехnоlоgik jаrаyonlаrni ishlаb chiqаrish, ishlаb chiqаrish vа mеhnаtni 
tаshkil etish mе‘yorini ishlаb chiqаrishgа tа‘sir ko‘rsаtаdi. 
Ishlаb chiqаrishni tаshkil etish prinsiplаrining uyg‘unlаshuvidаn kеlib chiqib 
- ishlаb chiqаrishning 3 tа аsоsiy turini аjrаtish mumkin: 
- оmmаviy 
- sеriyali 
- yakkа tаrtibli. 
Bir kоrхоnаdа turli хildаgi ishlаb chiqаrish jаrаyonlаri turlаri qo‘llаnilishi 
mumkin. Ishlаb chiqаrish tipini bеlgilоvchi bеlgilаrdаn аsоsiysi bir turdаgi 


mаhsulоtni kоnsеntrаnsiyalаsh dаrаjаsi bo‘lgаnligi sаbаbli, ishlаb chiqаrish tipi vа 
ish o‘rnini tа‘minlаnish kоeffisiеnti оrаsidа mа‘lum bоg‘lаnish mаvjud. 
Tа‘minlаnish kоeffisiеnti ish o‘rinlаrining iхtisоslаshgаnlik dаrаjаsidаn 
kеlib chiqаdi. Mashinаsоzlik kоrхоnаsi uchun ushbu bоg‘lаnish quyidаgichа 
ifоdаlаnаdi: 
Ishlаb chiqаrish tipi 
ish o‘rinining tа‘minlаnish 
Kоeffisiеnti 
Оmmаviy
0,85 vа yuqоri 
Yirik sеriyali 
0,2-0,75 
Kichik sеriyali 
0,04-0,08 
Yakkа tаrtibli 
0,04 dаn pаst 
Ushbu kоeffisiеnt quyidаgi fоrmulаdаn аniqlаnаdi. 
K = n 
.
t / f 
Bu yеrdа: n – yildаgi ishlоv bеrilаdigаn dеtаllаr sоni,
birlik, 
t – bir dеtаlgа ishlоv bеrish mеhnаt sig‘imi, 
f – jihоzlаrning yillik ish vаqti fоndi (qаytа sоzlаsh vа smеnа 
ichidаgi tа‘mirlаsh uchun vаqt yo‘qоtishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа). 
Mаsаlаn: Tоkаrlik stаnоgidа nоrmаtiv dаvоmiyligi t=0,37 sоаt bo‘lgаn 
ishlоv bеrish оpеrаtsiyasi bаjаrilаdi. 
Yil dаvоmidа 2850 dеtаlgа ishlоv bеrilishi zаrur. Ish tаrtibi – 2 smеnа, 
jihоzning yillik sаmаrаli ish vаqti fоndi 4080 sоаt. Ish o‘rining tа‘minlаsh 
kоeffisiеnti quyidаgigа tеng: 
K = 2850
.
0,37/4080=0,258 (yirik sеriyali ishlаb chiqаrish). 
Shundаy qilib kоrхоnа iхtisоslаshuvi bir turdаgi mаhsulоt ishlаb chiqаrish 
mаsshtаbini bеlgilаydi, bu esа ishlаb chiqаrish turini аniqlаydi. 
Оmmаviy ishlаb chiqаrishdа kоrхоnаlаr bir turdаgi vа kаttа hаjmdаgi 
mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrishgа iхtisоslаshаdi. 


Sеriyali ishlаb chiqаrishdа mаhsulоtning аyrim turlаri pаrtiyalаb ishlаb 
chiqаrilаdi. Pаrtiya miqdоridаn kеlib chiqib yirik sеriyali vа kichik sеriyali ishlаb 
chiqаrishni аjrаtilаdi. 
Yakkа tаrtibli (individuаl) ishlаb chiqаrishdа yirik nоmеnklаturаdаgi 
mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrilаdi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishni ommaviy turining asosiy elementi oqim 
tizimi hisoblanadi. Oqimli tizimi texnologik jarayon yo‘nalishida joylashgan va 
aniq biriktirilgan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ish o‘rinlari 
yig‘indisidir. Ishlab chiqarishni oqimli usuliga o‘tkazish ma‘lum bir texnik, 
tashkiliy, iqtisodiy shart - sharoitlarni talab etadi. 
Oqimli ishlab chiqarish quyidagi umumiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 
1. Aniq mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi ya‘ni sex va uchastkalarni alohida 
mahsulot va uning ayrim qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish va ishlab 
chiqarish jarayonini o‘zaro teng operatsiyalarga taqsimlash. 
2. Har bir ish o‘rniga alohida yoki ketma-ket keluvchi va texnologik jihatdan bir 
xil bo‘lgan operatsiyalarni biriktirish. 
3. Ish joylarini texnologik jarayon yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirish va zaruriy 
yuqori unumli jihozlar bilan ta‘minlash. 
4. Oqimli tizimning har bir ish joyida operatsiyalarning parallel ravishda 
bajarilishini ta‘minlash 
5. Ishlov berilayotgan detallarni bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazishda 
transport vositalaridan keng foydalanish. 
Oqimlarni tashkil etishning texnik imkoniyati ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning nomenklaturasi, konstruktiv xususiyatlari texnologik jarayonlarni 
xarakteri va mehnat sig‘imi, detal va bo‘g‘inlarning konstruktiv-texnologik 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Tashkiliy imkoniyatlar mahsulot konstruksiyasi va texnologik jarayonlar 
mustahkamligi, ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ishlab 
chiqarish dasturini oylar bo‘yicha taqismlash xarakteri, korxona ishlab chiqarish 
tuzilmasibilan belgilanadi. 


Iqtisodiy imkoniyatlar oqim tizimi tashkil etishga sarflangan xarajatlarni 
qoplash davri va iqtisod miqdori bilan belgilanadi.
Tashkil etilgan oqimli tizimi faoliyatini samarali tashkil etish uchun texnologik 
va tashkiliy sinxronlashtirish zarur. 
Oqimli tizmlarni xarakterlovchi belgilardan yana biri ishlab chiqarish 
jarayonining maromiyligidir. Maromiylik deganda ishlab chiqarilayotgan 
(ta‘mirlanayotgan) obyektni liniya rejmi yoki jarayon takti deb yuritiluvchi vaqt 
oralig‘ida jarayonga kiritilishi yoki chiqarilishi tushuniladi. Yuqoridagilardan kelib 
chiqqan holda takt vaqti davomida oqimli liniyalarining barcha ish joylarida 
ishchilar turli xil operatsiyalarni bajarib umumiy mehnat sig‘imiga teng 
miqdordagi ishlarni bajaradilar.
Demak, oqimli tizimlar ishlab chiqarish samarali tashkil etish tamoyillarini 
o‘zida to‘la mujassamlashtiradi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning oqimli usuli 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Oqimli tizimlarni joriy etish 
natijasida ishlab chiqarishni tashkil etishdagi uzilishlar bartaraf etiladi, natijada 
ishlab chiqarish vaqti qisqaradi, hajmi oshadi, asosiy fondlardan foydalanish 
darajasi oshadi. Bundan tashqari oqimli usul ishchilar o‘rtasida mehnat intizomini 
mustaxkamlaydi, ularning o‘z mehnati natijasidan manfaatdorligini oshiradi
malaka darajasini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining 
yaxshilanishiga olib keladi. 
Oqimli tizimlari quyidagi belgilarga ko‘ra turlanadi (klassifikatsiyalanadi): 
1. ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra; 
2. uzluksizlik darajasiga ko‘ra; 
3. ritm xarakteriga ko‘ra; 
4. mehnat buyumlarining harakatlanishiga ko‘ra; 
5. ish o‘rinlarining joylashuvi va konfiguratsiyasiga ko‘ra; 
6. mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra. 
Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra bir buyumli va ko‘p buyumli oqimli tizim 
ajratiladi. Bir buyumli oqimli tizim bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun 
moslashtiriladi. Ko‘p buyumli oqimli tizim bir vaqtda texnologik konstruksiya 


jihatidan o‘xshash bo‘lgan bir necha mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashadi. 
Ushbu oqimli tizimlar o‘zgaruvchan oqimli tizimlar va gruppali oqimli 
tizimlarga bo‘linadi. O‘zgaruvchan oqimli tizimda texnologik jarayon ketma-
ketligida joylashgan ish o‘rinlariga bir nechta mahsulot ishlab chiqarish 
yuklatiladi. Navbatdagi mahsulot yoki detal turini tizimga kiritish tizimni qayta 
sozlashdan keyingina amalga oshiriladi; 
Guruhli oqimli tizimlarda nafaqat texnologik yo‘nalish bo‘yicha, balki 
konstruksiyasiga ko‘ra ham bir xil bo‘lgan turli xildagi mahsulotlar ishlab 
chiqariladi. 
Uzluklilik darajasiga ko‘ra uzluksiz oqimli tizim va uzlukli oqimli tizimni 
ajratiladi. 
Uzluksiz 
oqimli 
tizimda 
barcha 
operatsiyalar 
vaqt bo‘yicha 
sinxronlashtirilgan yoki tizim taktika karrali bo‘ladi. Uzlukli oqimli tizimda 
hamma operatsiyalar ham bajarilish vaqtiga ko‘ra tizim taktiga teng emas. Shu 
sabali bunday tizimdagi jihozlar ishida uzilish bo‘lishi va buyumlarning ishlov 
berilishini kutib turish vaqti cho‘zilib ketadi. 
Ritm xarakteriga ko‘ra mustaqil ritmli va reglamentlashtirilgan tizimlarga 
ajratiladi. 
Mustaqil ritmli oqimli tizimda detallarning bir ish o‘rnidan ikkinchi ish o‘rniga 
uzatish vaqti ishchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib, bu oqimli tizimlar turli xildagi 
transport vositalari (elektroparalar, transporterlar, skotlar) bilan ta‘minlangandir. 
Reglamentlashtirilgan oqimli tizimlarda mehnat buyumlari harakati aniq 
tartibga solingan bo‘lib, ushbu tizimlar bir ritmda ishlaydigan transport vositalari 
bilan ta‘minlangan. 
Mehnat buyumlarining harakatiga ko‘ra oqimli tizim harakatlanuvchi ob‘yektli 
hamda harakatlanmaydigan ob‘yektli hamda kombinatsiyalashgan tizimlarga 
bo‘linadi. 
Harakatlanuvchi oqimli tizimlarida mehnat buyumlari doimiy ish o‘rinlariga 
ko‘chiriladi. Harakatlanmaydigan ob‘yektli tizimlarda esa aksincha ishchilar 


mehnat buyumi oldiga kelib unga ishlab berishadi. Ushbu tizimlar katta o‘lchamli 
buyumlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Kombinatsiyalashgan oqimli tizimlarda ham mehnat buyumlari, ham ishchilar 
harakatlanadi. Bunday oqimli tizimlari kamdan-kam tashkil etiladi.
5. Ish o‘rinlarining joylashuvi va konfiguratsiyasiga ko‘ra oqimli tizimlar: 
- bir tomonlama va ikki tomonlama; 
- boshlang‘ich va oxirgi ish o‘rnining bir-biriga nisbatan joylashuviga ko‘ra berk 
va ochiq holatdagi; 
- konfiguratsiyasiga ko‘ra to‘g‘ri chiziqli; 
G-simon, P-simon, zigzaksimon, halqaviy, yoysimon oqim tizimlari tashkil 
etiladi. 
Mexanizasiyalashtirish 
va 
avtomatlashtirish 
darajasiga 
ko‘ra 
mexanizasiyalashmagan, mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi 
mumkin. 
6
Oqimli ishlab chiqarishda transport vositalari mahsulotlarni liniyadagi ish 
joylari orasida harakatlantirish uchun ehtiyot qismlarni omborlardan ish joylariga 
keltirish uchun xizmat qiladi. 
Transport vositalarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
- mahsulotlarning massasi, o‘lchami va konstruktiv xususiyatlariga; 
- vaqt birligi ichida ishlab chiqariladigan mahsulot, detallar soni; 
- operatsiyalararo uzatishlarning qabul qilingan usuliga ko‘ra (donalab yoki 
Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin