Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
Xulosalar 
Ishlab chiqarishni tashkil etishni ommaviy turining asosiy elementi oqim tizimi 
hisoblanadi. Oqimli tizim texnologik jarayon yo‘nalishida joylashgan va aniq 
biriktirilgan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ish o‘rinlari yig‘indisidir. 
Oqimlarni tashkil etishning texnik imkoniyati ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning nomenklaturasi, konstruktiv xususiyatlari texnologik jarayonlarni 
xarakteri va mehnat sig‘imi, detal va bo‘g‘inlarning konstruktiv-texnologik 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Tashkiliy imkoniyatlar mahsulot konstruksiyasi va texnologik jarayonlar 
mustahkamligi, ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ishlab 
chiqarish dasturini oylar bo‘yicha taqismlash xarakteri, korxona ishlab chiqarish 
tuzilmasibilan belgilanadi. 
Iqtisodiy imkoniyatlar oqimli tizimni tashkil etishga sarflangan xarajatlarni 
qoplash davri va iqtisod miqdori bilan belgilanadi.
Texnologik sinxronlashtirish - operatsiyalar davomiyligi va ishchi tizim hisob 
taktining o‘zaro tenglashuviga olib keladigan tadbirlar majmui. 
Tashkiliy sinxronlashtirish oqimli tizimlarida mehnatni tashkil etishni tartibga 
solishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisidir. Bundan maqsad sinxronlashtirilmagan 
tizimlarda kasbni qo‘shib olib borish, ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish bilan 
ta‘minlash darajasini o‘zaro tenglashtirishga erishishdan iborat. 
 
Nazorat savollari. 
1. Uzluksiz oqim tizimining xususiyati nimada? 
2. Uzluksiz 
oqim tizimini hisoblash uchun qanday ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi? 
3. Oqimli tizimini hisoblash tartibi qanday? 
4. Oqimli tizimi takti nima va u qanday hisoblanadi? 
5. Transport partiyasi nima? 


6. Qanday holda jihozning xizmat ko‘rsatish normasi 1 ga teng bo‘ladi?
7. Oqim tizimining qanday asosiy ko‘rsatkichlarini bilasiz?
8. Jihozlarga xizmat ko‘rsatish normasi qanday aniqlanadi? 
9. Umumiy aylanma zadel qanday hisoblanadi? 
10. Liniyaning ishlash grafigi nima uchun tuziladi?

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin