Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Z um = Z tex + Z tr + Z sug +Z ayl . 4.3. Oqimli ishlab chiqarishda texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish. Oqimli tizim faoliyatini samarali tashkil etish undan operatsiyalar
unumdorligini o‘zaro tenglashtirish zarurdir, ya‘ni uzluksiz harakatlanuvchi
tizimlarni tashkil etish kerak. Buning uchun ishlab chiqarishni tashkil etishning
oqimli
usulni
qo‘llashga
tayyorgarlik
ko‘rish
davomida
texnologik
sinxronlashtirish, oqimli tizimni hisoblash davomida esa tashkiliy sinxronlashtirish
amalga oshiriladi.
Texnologik sinxronlashtirish - operatsiyalar davomiyligi va ishchi tizim hisob
taktining o‘zaro tenglashuviga olib keladigan tadbirlar majmui. Bunda quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi;
1. Texnologik jihatdan bo‘linmas operatsiyalarni ishchi tizim taktiga teng yoki
karrali bo‘lgan tashkiliy operatsiyalarga birlashtirish.
2. Texnologik jihatdan bo‘linmas bo‘lgan operatsiyalar harakatini samarali yo‘lga
qo‘yish
3. Murakkab operatsiyalarda unumdorligi yuqori bo‘lgan, samarali texnologik
jihozlardan foydalanish.
4. Ishlov berish tartibini qat‘iylashtirish.
Tashkiliy sinxronlashtirish oqimli tizimlarda mehnatni tashkil etishni tartibga
solishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisidir. Bundan maqsad sinxronlashtirilmagan
tizimlarda kasbni qo‘shib olib borish, ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish bilan
ta‘minlash darajasini o‘zaro tenglashtirishga erishishdan iborat.
Tashkiliy sinxronlashtirish quyidagi tadbirlarni ko‘zda tutadi:
1. O‘zaro ketma-ket joylashgan ko‘p stanokli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
2. Uzlukli oqim tizimlarining har qanday operatsiyasida kasblarni qo‘shib olib
borishni yo‘lga qo‘yish.
3. Operatsiyalar orasida aylanma zadellarni joylashtirish.