Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli samaradorligi



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
5.3.Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli samaradorligi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usulida texnik iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning yomonlashuvi qonuniyati mahsulot ishlab chiqarish hajmining 


qisqarishi va nomenklaturasi, assortimentining kengayishi oqibati bo‘lib 
hisoblanadi. 
Partiyali usulda mehnatga haq to‘lash xarajatlari salmog‘i o‘sadi, mahsulot 
birligiga shartli doimiy xarajatlar ko‘payadi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, partiyali usullar oqimli usulida nisbatan farq qiluvchi 
texnik iqtisodiy shartlar bilan belgilanadi. Seriyali ishlab chiqarishda oqim usulida 
farq qiluvchi texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin yomonlashuviga olib 
kelishi mumkin. Shu bilan birga ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli 
samaradorligini oshirish imkoniyatlari mavjud. Bu eng avvalo mahsulot ishlab 
chiqarish ma‘romiyligi, ixtisoslashuvi, proportsionalligi, paralelligi uzluksizligini 
oshirishga olib keluvchi rezervlardir. Ishlab chiqarish ma‘romiyligi imkoniyatidan 
foydalanish uchun ushbu holatga olib keluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf 
etish tadbirlarini ishlab chiqish zarur. 
Korxonalar notekis ishlashining asosiy sabablari bo‘lib, ish o‘rinlarini tashkil 
etishdagi kamchiliklar hisobiga xom ashyo va materiallar ta‘minoti grafigining 
buzilishi, texnologik jarayonlarni tashkil etishdagi kamchiliklar, jihozlarning 
tasodifan ishdan chiqishi, talabning o‘zgarishi kabilar hisoblanadi. 
Korxonada ma‘romiylikni oshirish mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan shartli 
doimiy xarajatlar miqdoriga katta ta‘sir ko‘rsatadi, jihozlardan foydalanishning 
darajasini oshiradi. 
Proportsionallik darajasini oshirish rezervlari uchastka, sex va jihozlar guruhi 
quvvatlaridagi mutanosiblikni ta‘minlash orqali olinishi mumkin bo‘lgan mahsulot 
miqdori bilan xarakterlanadi. 
Proportsionallik darajasini aniqlash uchun sexlar orasidagi mutanosiblik 
koyeffitsiyentlari aniqlanadi. Agar ushbu koyeffitsiyenti birdan kichik bo‘lsa, ana 
shu uchastkada foydalanilayotgan imkoniyatlari mavjudligidan, agar birdan katta 
bo‘lsa, ortiqcha quvvat mavjudligidan dalolat beradi. Proportsionallikni 
ta‘minlashga jihozlarni modernizasiyalash, texnologik jarayon va normalarni qayta 
ko‘rib chiqish, smenalik darajasini ko‘paytirish orqali erishish mumkin. 


Bulardan tashqari korxonadagi turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan 
tanaffuslarni kamaytirish, detallar partiyasini ishlab chiqarish jarayoniga kiritish 
orasidagi 
kutish 
vaqtlarini 
qisqartirish, 
ketma-ket 
ish 
o‘rinlarining 
muvofiqlashmaganligi darajasini kamaytirishi ham partiyali usul samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi. 
Detallar partiyasi miqdori sexning ishlab chiqarish maydoni bilan bog‘langan 
bo‘lishi lozim. Bunda ishlab chiqarish maydoni qanchalik kichik bo‘lsa, ishlab 
chiqarishga kiritilayotgan detallar partiyasi shunchalik kichik bo‘lishi lozim. 
Tugallanmagan mahsulotlarni saqlash uchun zaruriy maydonning yo‘qligi 
(yetishmasligi) mahsulotlar sifatining pasayishiga, ishlab chiqarishda detallarning 
yo‘qolishiga olib keladi. Katta yuk oqimlari yirik detallar partiyasini uzatishni 
qiyinlashtiradi, mehnat sharoitlarini yomonlashtiradi. Ayrim detallar tayyorlash 
texnologik jarayoni yuqori aniqlikka ega bo‘lgan detal partiyasini ishlab 
chiqarishga kiritish va muddatlariga tartiblashtirish maqsadida korxona 
bo‘linmalari (sexlari) bo‘yicha o‘sish vaqti hisoblanadi. Detallar partiyasi ishlab 
chiqarishga ularga oxirini yakuniy konvertga uzluksiz kelib tushishi 
ta‘minlaydigan sikl asosida kiritish talab etiladi. Sexlar ko‘p bo‘lgan sharoitda 
ularga o‘zaro moslashtirishga e‘tibor qaratiladi. Buning uchun maxsus o‘sish 
grafiklari tuziladi.  

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin