Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


VII BOB. KORXONADA ASBOB USKUNA XO’JALIGINI TASHKIL



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
VII BOB. KORXONADA ASBOB USKUNA XO’JALIGINI TASHKIL 
ETISH 
Tayanch so’z va iboralar. 
Asbob uskuna xo‘jaligi tarkibi, vazifasi, texnologik uskuna, indeksatsiyalash, 
klassifikatsiyalash, asbob -uskunaga bo‘lgan ehtiyoj, buyurtma berish tizimi
buyurtma nuqtasi, ―max‖ zahira,‖ min‖ zahira. 
7.1.Sanoat korxonalarida asbob uskuna xo’jaligining ahamiyati va vazifalari. 
Ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatlari davomida juda ko‘p turdagi 
instrument va texnologik jihozlardan foydalanadilar. Ish joylarining ana shu 
instrument va uskunalar bilan o‘z vaqtida ta‘minlanishi va ularning 
takomillashganlik darajasi asosiy ishchilarning mehnat unumdorligiga, mahsulot 
sifati va tannarxiga korxonaning bir me‘yorda ishlashiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Ishlab 
chiqarishga 
avtomatlashtirilgan, 
mexanizasiyalashtirilgan 
yangi 
texnologiyani keng joriy qilish asbob uskuna va texnologik uskunalarning sifati
chidamliligi, aniqliligi kabi ko‘rsatkichlariga yuqori talablar qo‘yadi.
Texnologik uskuna-texnologik jarayonning belgilangan qismini bajarish uchun 
texnologik jihozlarga biriktiriladigan ishlab chiqarish qurollaridir. Masalan, turli 
xil asbob uskunalar, plastmassalar, shtamplar, press-shakllar, nazorat qilish 
vositalari. 
Texnologik uskuna va asbob uskunalar ixtisoslashtirilgan korxonalar va 
korxonalar tarkibiga kiruvchi asbob uskuna sexlarda ishlab chiqariladi. 
Asbob uskuna xo‘jaligining asosiy vazifalari: 
 korxonaning turli xil texnologik moslamalarga bo‘lgan ehtiyojini 
aniqlash; 
 har bir ish joyini zaruriy miqdorda sifatli uskuna bilan ta‘minlanishini 
tashkil etish; 
 kerakli miqdordagi asbob uskunalar zapasini tashkil etish, ularni saqlash; 


 mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asbob uskuna sarfini va tannarxini 
doimiy ravishda pasaytirib borish. 
Asbob uskunalar xo‘jalikning tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi: 
 yangi, maxsus instrumentlarni tayyorlovchi hamda murakkab texnologik 
uskunalarni ta‘mirlashini amalga oshiruvchi instrumental sex
 asosiy ishlab chiqarish sexlari tarkibiga kiruvchi asbob va uskunalarni 
ta‘mirlash qilish bilan shug‘ullanuvchi asbob uskuna uchastkalar; 
 tiklash ustaxonalari; 
 asbob uskunalarni saqlash va uzatish bilan shug‘ullanuvchi kladovkalar, 
 asbob uskunalarni saqlash omborxonasi. 
Asbob uskuna sexlarning hajmi va soni ishlab chiqarish turiga, ishlab 
chiqaradigan mahsulot hajmiga, konstruktiv-texnologik xususiyatlariga bog‘liq. 
Asbob uskuna sexlari ixtisoslashtirilgan hamda kompleks sexlar bo‘lishi 
mumkin. 
Texnologik uskunalarni ishlab chiqarish, rejalashtirish va ulardan foydalanishni 
takomillashtirish uchun ularni ma‘lum bir belgilarga ko‘ra, klassifikasiyalashtirish 
lozim. Foydalanish xarakteriga ko‘ra uskuna yoki asboblar standartlashtirilgan va 
maxsus bo‘lishi mumkin. 
Standart asbob uskunalar parametrlari bo‘yicha davlat standartiga mos keladi va 
bir qancha korxonalar esa alohida detalga ishlov berishda biron bir operatsiyani 
bajarish uchun qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarishda ishtirok etishiga ko‘ra, asbobva uskunalar sinflarga 
(qirquvchi, o‘lchovchi, yordamchi instrument, shtamplar, moslamalar, press 
shakllar) guruhlarga, turlarga ajratiladi. 
Asbob uskuna xo‘jaligini samarali tashkil etishning muhim omillaridan biri 
ularni klassifikatsiyalash va indeksatsiyalash hisoblanadi. Bu ayniqsa, ushbu 
uskunalarnilarni saqlash va ish o‘rinlariga yetkazishda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, turli xildagi uskunalarni bir tizimga guruhlash imkonini beradi. 


Klassifikatsiyalash yo‘li bilan barcha instrument va uskunalar konstruktiv 
xususiyatiga ko‘ra, klasslarga, podklasslarga, gruppalarga va podgruppalarga 
hamda turlarga ajratiladi. 
Masalan: 
Klass (sinf): kesuvchi asbob, 
Podklass: kesuvchi asbob, kesgich, parma, frua, 
Gruppa: asbob xarakteri va foydalanishni belgilovchi, tokarlik kesgichlari, 
teskesar kesgichlar va x.k., 
Podgruppa: instrument xarakterini belgilovchi; shiluvchi, 
Turi: instrument konstruksiyasi bo‘yicha. 
Klassifikatsiyalash bilan bir qatorda indeksatsiyalash ham amalga oshiriladi. 
Indeksatsiyalashning mohiyati shundaki, har bir uskuna turiga shartli belgi-indeks 
qo‘yiladi. 
Indeksatsiyalashning 3 xil turi qo‘llaniladi: o‘nlik, harflik, aralash. 
O‘nlik tizimda klasslar, podklasslar, gruppalar raqamlar bilan belgilanadi, 
ya‘ni har bir klass 10 ta podklassdan, podklass – 10 ta gruppadan va boshqalar.dan
iborat bo‘ladi. 
Ushbu tizim texnik uskunalarga talabni rejalashtirishda kompyuterlardan 
foydalanishni yengillashtiradi. Harfli tizimda sonlar o‘rniga instrument nomi yoki 
xarakteristikasining 
boshlang‘ich 
harfi 
qo‘llaniladi. 
Aralash 
tizimda 
indeksatsiyalashda harflar va raqamlardan birdaniga foydalaniladi. Bu yerda bir 
nechta boshlang‘ich belgilar harflar bilan, qolganlari esa sonlar bilan belgilanadi. 
Maslan: 16x25 o‘lchamli avtomat kesgich quyidagi raqamli indeksga ega: 
11 52 11 
11 - klass 
--------------------
bu yerda 52 – podklass 
1 – 16 x 25
11 – gruppamaxrajda instrument o‘lchami ko‘rsatilgan. 
Aralash tizimda esa: 
RA – 211
bu yerda
R- klass 
--------------------
A – podklass 


1 - 16 x 25
211 – gruppa. 
Texnologik uskunalar nomenklaturasining ortiqcha kengayib ketishining 
oldini olish maqsadida asboblarni normallashtirish bo‘yicha ishlar olib borishni 
talab etadi. Natijada instrumentlarni texnologik tayyorlashga sarflangan vaqt 
qisqaradi, sifati yaxshilanadi va tanlab olish qulaylashadi. Instrumentlarni (asbob-
uskunalarni) normalizatsiyalash asosida universal – yig‘ish moslamalarini qo‘llash 
keng tarqalgan. Ularni qo‘llashda faqat bir operatsiyada ishlaydigan uskunalar 
o‘zaro almashtiriladigan, normallashtirilgan detallar bilan almashtiriladi va zarur 
paytda ulardan turli moslamalar tayyorlanadi. Ish tugagach ular qayta qismlarga 
ajratilib ish uskuna uchun foydalaniladi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin