Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 


Xulosalar
Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la 
yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida 
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki ayirboshlaydigan, ishlarni 
bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha 
shakllari teng huquqliligi asosida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini 
ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub‘yekt korxona hisoblanadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari shuningdek boshqaruv va xizmat 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘linmalar, ularning soni, ishlovchi xodimlar soni 
umumiy strukturani tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini 
ifodalaydi va korxona o‘lchamlaridan, sexlar soni, tarkibi, salmog‘i, planirovkasi, 
ishlab chiqarish uchastkalari, ish o‘rinlarining tarkibida o‘z aksini topadi. 
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvchi xarakteriga ko‘ra korxona ishlab 
chiqarish tuzilmasi texnologik, - buyumli (buyumli-yakunlangan), aralash 
(buyumli-texnologik) ko‘rinishda tashkil etiladi. 
Ichki bo‘linmalarning ma‘muriy xo‘jalik xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish 
tuzilmasining sexli, sexsiz, kombinat va korpusli ko‘rinishlari ajratiladi 

Nazorat savollari.
1.
Korxona deb nimaga aytiladi? 
2.
Ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari nimalardan iborat? 
3.
Ishlab chiqarish korxonalarining turlari. 
4.
Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish-texnik birligi nima? 
5.
Korxonaning umumiy tuzilmasi nima? 
6.
Ishlab chiqarish tuzilmasi nima? 
7.
Ishlab chiqarish tuzilmasi qanday omillarga bog‘liq holda tashkil etiladi? 
8.
Ish o‘rni nima va uning qanday turlari ajratiladi? 
9.
Ishlab chiqarish tuzilmasining qanday shakllari qo‘llaniladi? 
10.
Texnologik tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklari. 



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin