hisobot yoki reja davridagi yo‘naltirilgan tartib bo‘yicha
haqiqiy ish kunlariga
nisbati orqali aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida turli ishlar va tanaffuslarga vaqtning o‘zaro
nisbati ishlab chiqarish sikli tuzilmasi deyiladi va ishlab chiqariladigan mahsulot
harakteri, texnologik jarayon xususiyatlari, ishlab chiqarish turi bilan belgilanadi.
Shu sababdan turli tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish
sikli tuzilmasi turlicha
bo‘ladi. Masalan, uzluksiz ishlab chiqarish jararyoniga ega korxonalarda
(metallurgiya) siklining ishchi qismi yuqori salmog‘ga ega. Partiyali usulni
qo‘llaydigan korxonalarda (mashinasozlik) turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan
tanaffuslar 60-80%ni egallaydi.
Ishlab chiqarish siklining tuzilmaviy tashkil
etuvchilari davomiyligiga
shuningdek konstruktiv-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Konstruksiyaning murakkabligi, gabarit, buyum og‘irligi
ishlab chiqarish
jarayonlari soni, ularning o‘zaro bog‘ligini, ishlarning umumiy mehnat sig‘imining
va demak ishlab chiqarish siklining davomiyligini ham belgilaydi.
Ishlab chiqarish sikli davomiyligi texnologik jarayonni turli xildagi asbob va
moslamalar bilan jihozlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, ushbu omil ishlov berish
yoki mahsulotni yig‘ishga ta‘sir ko‘rsatadi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillar mehnat buyumlarining ishlab chiqarish
jarayonidagi harakati ish o‘rinlarini tashkil etish darajasi bilan bog‘liq. Tashkiliy-
iqtisodiy sharoitlar yordamchi operatsiyalarning davomiyligiga shuningdek
mehnat buyumlari harakati davomiyligiga hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish siklini davomiyligini qisqartirishning iqtisodiy ahamiyati
shundaki, uning davomiyligi tugallanmagan ishlab chiqarish
miqdorini belgilab
beradi. Mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish sikli davomiyligining
uzunligi oqibatida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi korxona tovar moddiy
zaxiralari tarkibidagi aylanma mablag‘larning 30-50%ini tashkil etadi.
Ishlab
chiqarish siklini qisqartirish aylanma mablag‘larga talabni kamaytiradi. Ishlab
chiqarish sikli davomiyligi qanchalik uzun bo‘lsa shuncha ko‘p aylanma mablag‘
talab etiladi, ularning aylanish davri shunchalik katta bo‘ladi ya‘ni aylanma
mablag‘larning bekor turish vaqti uzoq bo‘ladi. Ishlab chiqarish siklini qisqartirish
ombor maydoniga bo‘lgan talabini kamaytiriladi. Asosiy fondlardan foydalanishni
yaxshilaydi, mahsulot tannarxining pasayishini ta‘minlaydi.
Ishlab chiqarish sikli davomiyligini aniqlashda odatda uning 3
ta tashkil
etuvchisi ajratiladi -texnologik sikl davomiyligi, turli xil sabablarga ko‘ra yuzaga
keladigan tanaffuslar vaqti va tabiiy jarayonlar vaqti (agar texnologik jarayonda
ko‘zda tutilgan bo‘lsa). Ishlab chiqarish siklining qolgan elementlari uncha katta
vaqtni egallamaydi yoki tanaffuslar vaqtida bajarilishi mumkin. Masalan, transport
operatsiyalarini bajarish, mahsulotni qadoqlash vaqti.
Ishlab chiqarish davomiyligi ishlab
chiqarish sikli deb yuritilib, xom ashyo
materiallarni ishlab chiqarish jarayoniga kiritishdan tayyor mahsulot bo‘lib
chiqishigacha sarflangan kalendar vaqtni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish sikli tarkibiga kiruvchi elemetlar ichida mehnat sig‘imi
bo‘yicha katta salmoqni texnologik jarayonlar vaqti tashkil etadi.
Texnologik jarayonlar davomiyligini hisoblash alohida detal uchun detallar
Dostları ilə paylaş: