Ekologik ko‘rsatkichlar mahsulotdan foydalanish va uni iste‘mol qilish
paytida paydo bo‘ladigan atrof-muhitga zararli ta‘sirlar darajasini tavsiflaydi. bu
ko‘rsatkichlarga atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi ehtimolligi va darajasi
kiradi.
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari mahsulotning undan foydalanish paytida xizmat
xodimlarining xavfsizligini ta‘minlovchi xususiyatlarni tavsiflaydi. Xavfsizlik
ko‘rsatkichlari soniga to‘xtamasdan ishlash ehtimolligi, himoya qurilmalarining
ishga tushish vaqti, buyumning to o‘tkazadigan qismlarning elektr mustahkamligi,
tormozlanish paytida o‘rtacha sekinlashish, statistik barqarorlik burchaklari,
ko‘rinishlilik va boshqalar kiradi.
Binobarin, tovar sifati marketingni tutib turgan ―fil‖lardan biri bo‘lib,
loyixalash bosqichida asos solinadigan va texnologik tayyorganlik hamda ishlab
chikarish bosqichlarda amalga oshiriladigan sifatning turli ko‘rsatkichlari
majmuasi bilan tavsiflanadi
Dostları ilə paylaş: