Korxonalarda texnik qayta qurish barcha texnologik sikl bo‘yicha
amalga oshirilishi lozim.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni tayyorlash faoliyatini quyidagi asosiy
yo‘nalishlarni ajratish mumkin:
1.
Ishlab chiqarishga yangi mahsulot va texnologik jarayonlarni joriy qilish;
2.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va texnologik jarayonlarni modernizasiya
qilish;
3.
Yangi iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy tuzilma hamda mexanizmlarni yaratish,
ishlab chiqarishni takomillashtirishning turli tadbirlarini ishlab chiqish.
Ishlab chiqarishni tashkil etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- ilmiy tadqiqotlar bosqichi;
- ishlab chiqarishni texnik tayorlash bosqichi.
Ilmiy tadqiqotlar bosqichining mazmunini fan texnika yutuqlarini nazariy
jihatdan asoslash maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish, ixtirolar qilish tashkil
etadi. Ushbu bosqich quyidagi tadqiqotlarni qamrab oladi: fundamental,
izlanuvchan va amaliy.
Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi ixtirolar qilinadi, izlanuvchanlik
tadqiqotlarida fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan qo‘llash
imkoniyatlari o‘rganiladi. Amaliy tadqiqotlar esa loyiha konstruktorlik ishlari bilan
uyg‘unlikda olib boriladi va aniq maqsad, reja hamda muddatni ko‘zda tutadi.
9
Dostları ilə paylaş: