Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Ishlab chiqarishni konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tayorlash



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

6.3.Ishlab chiqarishni konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tayorlash 
mazmuni. 
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani 
loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan tashkil topadi. 
Konstruktorlik tayyorgarlikni amalga oshirishda iqtisodiy hisob-kitoblar 
katta ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ular yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoki 
modernizatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlab bo‘ladi, sarflanadigan 
xarajatlar «min» bo‘lgan sharoitlarni yaratishlari lozimdir. 
9
Синицина. Л.М .Организация производства. Учебное пособие.Минск, ―ИВЦ МИНФИНА‖ 2008


Mashina va priborlarning yangi turlarini ishlab chiqarish jarayonida 
ularning texnik afzalligini xarakterlovchi quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi: 
-
yangi mashina va priborlarni (mahsulotlarni) yaratishga sarflangan mehnat 
sig‘imi; 
-
mahsulot o‘lchovi; 
-
metalldan foydalanish koyeffitsiyenti; 
-
mahsulot tannarxi va boshqalar. 
Yangi mahsulot yaratish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: 
1.
Texnik vazifalarni ishlab chiqarish; 
2.
Texnik taklifni tuzish; 
3.
Eskiz loyihasini yaratish; 
4.
Texnik loyihalashtirish; 
5.
Ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish. 
Texnik vazifada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha texnik iqtisodiy 
xarakteristikalari, ularga quyidagi talablar, ekspluatasiya qilish shartlari aniq 
belgilab beriladi. Texnik vazifaga (ko‘ra) asoslanib texnik taklif ishlab chiqariladi. 
Unda mahsulotni ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
ekanligi asoslab beriladi, mumkin bo‘lgan bir necha variantlar solishtiriladi, 
mehnatni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga sarflangan harakatlarning hisob-
kitobi, undan olinadigan iqtisodiy samara hisob-kitob beriladi. 
Eskiz loyihasi tanlangan texnik parametrlarni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
tekshirish imkoniyatini beruvchi hujjatdir. eskiz loyihasi ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotni umumiy ko‘rinishi chizmasidan, mahsulotning tuzilishi va ishlash 
prinsipi, asosiy o‘lchovlari, tannarxi to‘g‘risida tushuncha beruvchi, konstruktiv 
yechimlardan tashkil topadi. 
Texnik loyiha eskiz loyihani to‘ldirish natijasida tuzilib, mahsulotning barcha 
asosiy bo‘g‘inlarini yaratish, barcha ko‘rsatkichlarni aniqlashtirishdan iborat. 
Ishchi loyihani tuzishda, barcha hujjatlar ishlab chiqish yakunlanadi, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning barcha ko‘rsatkichlarini ko‘rsatuvchi ishchi chizma, 
tushuntirish xati, ekspluatatsiya qilish instruksiyasi, tajriba prtokollari beriladi. 


Konstruktorning asosiy vazifasi tuzilishi jihatdan sodda va ixcham, lekin texnik 
jihatdan takomillashgan chidamli mahsulot yaratishdan iboratdir. Yaratilayotgan 
mahsulotning iqtisodiyligi: 
Ishlab chiqarish jarayonida – konstruksiyani normalashtirish darajasi bilan, 
metallar sarfi, mehnat sarfi, tannarx, texnologik ishi bilan; 
Ekspluatatsiya jarayonida – unumdorligi, xizmat ko‘rsatish davomida ish 
birligiga to‘g‘ri keladigan mehnatning iqtisod qilish bahosi, qoplash muddati bilan 
xarakterlanadi. 
Yirik korxonalarda konstruktorlik tayyorgarlik bilan bosh konstruktor bo‘limi 
shug‘ullanadi. Kichik korxonalarda esa, ishlab chiqarishni tayyorlash yagona 
bo‘limi bu ish bilan shug‘ullanadi. 
Texnologik tayyorlash o‘z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish, 
texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat usullarini 
tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oladi. 
Texnologik tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshriladi. 
Birinchi bosqichda konstruktorlik bo‘limida tayyorlangan barcha chizmalar 
tekshirilib, tahlil qilinadi. 
Ikkinchi 
bosqichda 
esa 
ishchi 
chizmalarga, 
detallarning 
harakat 
yo‘nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga 
asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo‘g‘inlari uchun 
texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks 
ettiriladi. Texnologik jarayonlarni tuzish ishlab chiqarish turi va operatsiyalar 
murakkabligiga bog‘liq. 
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayon 
to‘lig‘icha detallashtiriladi. Operatsiya va uzatishlarga taqsimlanadi, ishlab 
chiqarish vositasi tanlanadi, samarali ishlov berish tartibini o‘rnatiladi, barcha 
ishlarni normallashtirish amalga oshiriladi. Bularning natijasida operatsion karta 
tuziladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda esa, faqat marshrut 
kartalari tuziladi xolos. Unda faqat asosiy operatsiyalar ko‘rsatilib, vositalarni 
tanlash va ishlov berish tartibi sex va uchastkalarda amalga oshiriladi. 


Texnologik tayyorgarlikning yakuniy qismda yangi texnologik jarayonlarni 
o‘nglash va ishlab chiqarishga joriy qilish amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish uchun boshlang‘ich 
ma‘lumot bo‘lib, ishlab chiqarish ob‘yektlari tarkibi, har bir ob‘yekt bo‘yicha 
ishlab chiqarish dasturi, yangi mahsulotni o‘zlashtirish muddatlari normativlari 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirishda kalendar rejalar tuziladi, 
zaruriy mehnat, moddiy va pul mablag‘lari miqdori aniqlanadi. Konstruktorlik va 
texnologik loyihalar bo‘yicha ishlar hajmi kishi-soatlarda, texnik jarayonlarni 
moddiy jihozlash bo‘yicha ishlar norma-soat yoki natural birliklarda aniqlanadi. 
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash mehnat sig‘imini hisoblash uchun quyidagi 
usullardan foydalaniladi: 

dastlabki me‘yorlashtirish; 

namuna bo‘yicha me‘yorlash; 

detalli me‘yorlash; 
Dastlabki me‘yorlashtirish yangi mahsulot korxona ishlab chiqarish turiga mos 
kelgan holatda qo‘llaniladi. Konstruktor yangi mashina yoki jihozning 
konstruksiyasi borasida umumiy ma‘lumotga ega bo‘lib, rejalashtirish bo‘limi 
xodimlari bilan birgalikda tajriba ma‘lumotlari asosida ish hajmini aniqlaydi. 
Namuna bo‘yicha me‘yorlashtirishda yangi mashina yoki jihozni tuzilishi 
jihatdan bir xil yoki o‘xshash mahsulotlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bunda 
ishning mehnat sig‘imi turli omillar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va har bir omil 
bo‘yicha xususiy koyeffitsiyentlar aniqlanadi, konstruksiyaning talabga javob 
berishini hisobga oluvchi koyeffitsiyent konstruksiyaning murakkabligini e‘tiborga 
oluvchi koeffitsiyent va boshqalar. so‘ngra umumiy mehnat sig‘imi koeffitsiyenti 
topiladi. Ushbu koffitsient yangi mashina yoki mahsulotni texnik tayyorlash 
mahsuloti mehnat sig‘imidan qancha farq qilishini ko‘rsatadi. 
Detalli me‘yorlashtirish usulida konstruktorlik va texnik tayyorgarlik uchun 
vaqt sarfini hisobga olish amaldagi vaqt me‘yorlari va normativlari asosida olib 


boriladi. Ushbu norma va normativlar mahsulot detallari konstruktorlik va 
texnologik murakkabligi guruhi bo‘yicha tuziladi. 
Hisob tartibi quyidagicha: 
1.
Loyihalashtirilayotgan mahsulotlar tarkibidagi original detallar soni aniqlanadi. 
2.
Original detallar konstruktorlik va texnologik murakkablik guruhi bo‘yicha 
taqsimlanadi. 
3.
Normativlar asosida ishlab chiqarishni texnik tayyorlash har bir bosqichi 
davomiyligi hisoblanadi. 
Har bir bosqichning davomiyligi quyidagi formuladan hisoblanadi: 
T = (

t)/(U 

T


K
ib


t – ushbu bosqich bo‘yicha ishlarning bajarishga sarflangan vaqtlar summasi, 
U – ushbu bosqichda bir vaqtda ishlayotgan ishchilar soni, 
T
k
– ish kuni davomiyligi,
K
ib
– normani oshirib bajarilishini e‘tiborga oluvchi koyeffitsiyent (ishbay haq 
to‘lashda). 
Bosqich davomiyligini hisoblagandan so‘ng ishlab chiqarishni texnik 
tayyorlash kalendar grafigi tuziladi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin