12.3-rasm. Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari.
1–bosqichda korxonaning tashqi va ichki tizimi bo‘yicha
tadqiqotlar
o‘tkazish:
– ichki muhitning bosh tarkibiy qismlari, uni ahamiyatliligi
aniqlanadi va ular
bo‘yicha ma‘lumotlar yig‘iladi;
– korxonaning real hayoti baholanadi;
– muhitning kelgusi holati bashorat qilinadi.
2 – bosqichda korxona o‘z faoliyatining istalgan yo‘nalishi va harakatlarini
belgilaydi, ya‘ni korxonaning kelgusidagi obrazini tasvirlaydi.
3 – bosqichda strategik
tahlil amalga oshiriladi, ya‘ni korxonaning istalgan
ko‘rsatkichlari va tashqi hamda ichki muhim omilini o‘rganish bo‘yicha
tadqiqot
natijalari va ularning istalgan ko‘rsatkichlari ta‘siri tahlil etish.
4 – bosqichda alternativ startegiyalardan biri tanlanadi va qayta ishlanadi.
5 – bosqichda korxona faoliyatining yakuniy strategik rejasi tayyorlanadi.
6 – bosqichda o‘rta muddatli rejalar tayyorlanadi.
7 – bosqichda o‘rta muddatli reja natijalari asosida bir yillik rejalar ishlab
chiqiladi.
Biznes g‘oya – insonning fikrlash faoliyati natijasi bo‘lib, tashqi stimullar va
ichki xohish, istak, extiyoj, qiziqish qadriyatlar, ideal va emotsiyalar majmui bilan
belgilanadi.
Missiya – xo‘jalik
subektining uning maqsadlari, faoliyat sohasi,
jamiyatdagi o‘rnining qisqacha tavsifi.
– G. Ford: biz insonlarga arzon transport vositalarini etkazib beramiz.
– Soni: taraqqiyot orqali dunyoga xizmat qilish.
Maqsad – korxonaning istiqboldagi istalgan ko‘zda tutilgan holatidir.
Missiyadan farqli ravishda maqsadlar
korxona faoliyatining aniq
yo‘nalishini aks ettiradi.
12.1 – jadval.
Korxona missiyasi va maqsadi o‘rtasidagi farqlar.