Qisqa xulosalar. Ishlab chiqarish jarayoni - mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat resurslari va ishlab chiqarish vositalari harakatlarining majmuidir, yoki boshqacha qilib ta’rif berilsa, ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat qurollari yordamida mehnat buyumlariga maqsadga muvofiq ta’siri.
Texnologik jarayon buyumlar holatini o‘zgartirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni bir qismidir.
Texnologik operasiya ish o‘rnining ishlov berilayotgan mahsulotning va ishchining o‘zgarmasligi bilan xarakterlanadi. Ana shu elementlardan birortasining o‘zgarishi bir operasiya tugab ikkinchisi boshlanganidan dalolat beradi.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish tamoyillari: parallellik, proprsionallik,aniqlilik, uzluksizlik, maromiylik, ixtisoslashuv.
Buyumlar partiyasini tayyorlash sikli materiallarni ishlab chiqarishga kelib tushgan vaqtdan detallarni ishlab chiqarishni tugatishgacha bo ‘lgan kalendar vaqtdir.
Ishlab chiqarish sikli ko‘rsatkichi ichki rejalashda xususan korxona, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturini asoslashda, mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayonidagi harakati kalendar grafigini tuzishda, tugallanmagan ishlab chiqarish va aylanma vositalar miqdorini aniqlashda keng qo ‘llaniladi.
Texnologik sikl davomiyligi bajariladigan operasiyalar mehnat sig ‘imi va detallar partiyasining operasiyadan mehnat buyumlarining harakat turiga bog ‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarining 3 xil harakat turi kuzatiladi- ketma- ket, parallel, parallel ketma-ket.
Nazorat savollari 1. Ishlab chiqarish jarayoni qanday elementlardan tashkil topadi?
2. Ishlab chiqarish jarayoni deganda nimani tushunasiz?
3. Ishlab chiqarish jarayoni qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi?
4. Texnologik operasiya deb nimaga aytiladi va qanday turlarga ajratiladi?
5. Asosiy jarayonlar deb qanday jarayonlarga aytiladi?
6. Xarakteriga ko‘ra qanday ishlab chiqarish jarayonlari ajratiladi?
7. Ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning qanday tamoyillarini bilasiz?
8.Xizmat ko‘rsatish jaryoni qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi.
9.Yordamchi jarayonlar deb qanday jarayonlarga aytiladi?
10.Ishlab chiqarish sikli nima va uning tarkibi qanday?