3.2. Ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish tamoyillari. Korxona faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan ishlab chiqarish jarayonining qanday tashkil etilishiga bog ‘liq. Ishlab chiqarishni tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi.
xususiy jarayonlar o‘rtasida uzluksizlikni ta’minlash;
ishlab chiqarish quvvatlarida zaruriy proportsionallikni ta’minlash;
mehnat buyumlarining samarali harakatini yo‘lga qo‘yish;
ishlab chiqarish vositalaridan va ishchi kuchidan samarali foydalanib bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashga erishish;
ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar iqtisodiga erishish.
Ana shu talablarni bajarishda ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning tamoyillariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
2
3
4
1
1. Proporsionallik tamoili ishlab chiqarish jarayonidagi ish o ‘rinlarining bir xil o‘tkazuvchanligini ta’minlashni ko ‘zda tutadi. Detallar partiyasi ishlab chiqaruvchi ish o‘rinlarining quvvati quydagicha
Q1-10 Q2-15 Q3-6, Q4-10
dona/smena, dona/smena, dona/smena, dona/smena,
Uchastka o ‘tkazuvchanlik qobiliyati smenada 6 dona mahsulot
Demak 1va 4- ish o ‘rnining quvvatidan foydalanish foizi 60% (6/10*100), 2 -ish o‘rniniki 40% (6/15*100). Detallarga talab 10 dona smena. Proporsionallikni ta’minlash uchun 3 ish o ‘rniga yana 1 stanok qo ‘shish kerak. 2- ish o ‘rinnii esa to‘liq quvvatda ishlashlarini ta’minlash zarur.
Proprsionallik koeffitsiyenti quydagicha aniqlanadi:
Kpr=Qmin/Qmax
Qmin- minimum o ‘tkazuvchanlik qobiliyati,
Qmax-maksimal quvvat.
Ishlab chiqarish jarayonining orasida proporsionallikning buzilishi korxona faoliyati maromiyligining buzilishiga, jihozlarning to‘xtab qolishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish samaradorligiga ham ta’sir ko ‘rsatadi.