Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


III- BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə20/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

III- BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI




Tayanch so ‘z va iboralar.
Ishlab chiqarish jarayoni, elementlari, asosiy jarayon, yordamchi jarayon, texnologik operasiya, ishlab chiqarishni samarali tashkil etish tamoyillari, xizmat ko ‘rsatish.


3.1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy elementlari.
Har qanday korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish jarayoni tashkil etadi. Shu sababdan korxona muvaffaqiyati ana shu jarayonni qanday tashkil etilishiga bog ‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonini to‘g ‘ri yo‘lga qo‘yish uning samaradorligini oshiradi, moddiy xarajatlarni kamaytiradi, mehnat sarfini qisqartirib, tannarxni pasaytiradi. Shu o‘rinda ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish jarayoni - mahsulot ishlab chiqarish uchun mazkur korxonalar va mehnat qurollari harakatlarining majmuidir yoki boshqacha qilib ta’rif berilsa, ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat qurollari yordamida mehnat buyumlariga maqsadga muvofiq ta’siri.
Ishlab chiqarish jarayoni texnologik jarayonlar va yordamchi jarayonlardan tashkil topadi.
Texnologik jarayon buyumlar holatini o‘zgartirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoning bir qismidir. Texnologik jarayon texnologik operasiyalar yig ‘indisidan iborat.
Texnologik operasiya ish o‘rnining, ishlov berilayotgan mahsulotning va ishchining o ‘zgarmasligi bilan xarakterlanadi, ya’ni texnologik operasiya bir ish o‘rnida , bir ishchi tomonidan bir buyum ustida bajariladigan jarayondir. Ana shu elementlardan birortasining o‘zgarishi bir operasiya tugab ikkinchisi boshlanganligidan dalolat beradi.
Qo‘llaniladigan jihozlarga ko‘ra texnologik operasiyalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
1. Qo‘l operasiyalari (mashina yordamisiz qo‘lda bajariladi).
2. Mashina qo‘l operasiyalari (ishchi va mashinalar yordamida bajariladi. Masalan: tikuv mashinalarida bajariladigan operasiyalar).
3. Mashina operasiyalari (jarayon ishchining ishtirokisiz bajariladi, ishchining funksiyasi jihozni ishga tayyorlashdan iboratdir. Masalan: tokorlik stanoklarida bajariladigan operasiyalar).
4. Avtomatlashgan operasiyalar (ishchining ishtirokisiz amalga oshiriladi).
Ishlab chiqarish jarayoni turli xil ko ‘rinish va xarakterga ega bo‘lgan qismiy jarayonlardan tashkil topadi. Barcha qismiy jarayonlar asosiy va yordamchi jarayonlarga bo‘linadi.
Xom ashyoning shakli va holatini bevosita o‘zgartirib, yangi mahsulot yaratadigan jarayon asosiy ishlab chiqarish jarayonidir (kiyimlarni bichish, tikish, dazmol bosish; avtomobil qismlarini yig ‘ish va boshqalar).
O‘z navbatida asosiy jarayonlar mehnat va tabiiy jarayonlarga bo‘linadi.
Ishlov berilayotgan buyumlarning shakli, o‘lcham, fizikaviy - kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishi bevosita insonning maqsadga muvofiq ta’sirida ro‘y bersa ushbu jarayon mehnat jarayoni hisoblanadi.
Tabiiy kuchlar ta’sirida amalga oshiriladigan jarayonlar tabiiy jarayonlardir. Masalan, tabiiy qurish, ko ‘pish.
Asosiy jarayonlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonida yordamchi jarayonlar ham mavjud. Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarning uzluksizligini ta’minlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Yordamchi jarayonlarga texnologik asbob-uskunalar tayyorlash, jihozlarni ta’mirlash, mahsulot sifatini nazorat qilish, transpartirovka, moddiy boyliklarni saqlash jarayonlarini misol qilish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, ishlab chiqarish xarakteri bilan korxona tashkiliy tuzilmasi orasida chiziqli bog ‘lanish yo‘q. Chunki asosiy sexlarda nafaqat asosiy jarayonlar, balki yordamchi jarayonlar ham bajariladi.
Xarakteriga ko‘ra ishlab chiqarish jarayoni sintetik, analitik, chiziqli jarayonlarga bo‘linadi.
1. Sintetik jarayonlarda turli xil xom ashyo va materiallardan bir turdagi mahsulot ishlab chiqiladi (kostyum tikish, asosiy mato, astarlik mato, ip, tugma va boshqalar).
2. Analitik jarayonlarda bir turdagi materiallardan turli xildagi mahsulot ishlab chiqariladi (paxtadan - paxta ip, chigit, neftdan - turli xil yonilg ‘i mahsulotlari).
3. Chiziqli jarayonlarda bir xil xom ashyodan bir xil mahsulot ishlab chiqariladi (g ‘o‘ladan doskalar tayyorlash).4

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin