Qisqa xulosalar. Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo ‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi asosida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo ‘jalik yurituvchi sub’yekt korxona hisoblanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish bo‘g ‘inlari shuningdek boshqaruv va xizmat ko‘rsatish bilan bog ‘liq bo‘linmalar, ularning soni, ishlovchi xodimlar soni umumiy strukturani tashkil etadi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o‘lchamlaridan, sexlar soni, tarkibi, salmog ‘i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, ish o‘rinlarining tarkibida o‘z aksini topadi.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvchi xarakteriga ko‘ra korxona ishlab chiqarish tuzilmasi texnologik, - buyumli (buyumli-yakunlangan), aralash (buyumli-texnologik) ko‘rinishda tashkil etiladi.
Ichki bo‘linmalarning ma’muriy xo‘jalik xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tuzilmasining sexli, sexsiz, kombinat va korpusli ko‘rinishlari ajratiladi
. Nazorat savollari. Korxona deb nimaga aytiladi?
Ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish korxonalarining turlari.
Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish-texnik birligi nima?
Korxonaning umumiy tuzilmasi nima?
Ishlab chiqarish tuzilmasi nima?
Ishlab chiqarish tuzilmasi qanday omillarga bog ‘liq holda tashkil etiladi?
Ish o‘rni nima va uning qanday turlari ajratiladi?
Ishlab chiqarish tuzilmasining qanday shakllari qo‘llaniladi?
Texnologik tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklari.