Unitar korxona- o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo ‘linmasdir va u qo ‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo ‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o ‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxona o ‘z majburiyatlari bo ‘yicha o ‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Unitar korxona o ‘z mol-mulki egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi yagona ishlab chiqarish texnik organizm hisoblanadi, ya’ni korxonaning ishlab chiqariladigan mahsulot maqsadining hamda uni ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan belgilanadi.
Korxonalar texnologik jihatdan bir turdagi sex yoki uchastkalardan (yigiruvchi fabrikalaridan yigiruv sexi) yoki texnologik jihatdan turli xildagi sex yoki uchastkalardan tashkil topishi mumkin (to‘qimachilik korxonalarining yigiruv, to‘quv va pardozlash sexlari).
Korxonalarning yagona organizmga birlashtiruvchi muhim belgilardan biri yordamchi va xizmat ko ‘rsatuvchi bo ‘limlarning barcha asosiy bo‘linmalar uchun umumiyligi, joylashgan maydonning yagonaligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish texnikaviy va tashkiliy-iqtisodiy birlik bilan xarakterlanadi:
Korxonani xarakterlovchi asosiy belgilardan biri uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarining ishlab chiqarish texnikaviy birligidir. Korxonalarning ishlab chiqarish texnikaviy birligi uning barcha tarkibiy qismlarining bir- biri bilan ishlab chiqarish jarayonining ma’lum ketma-ketlikda bajarilishiga qarab bo ‘linganligi va bir-birini o‘zaro ta’minlashini ifodalaydi. Har bir korxona bir qator tarkibiy qismlardan (sex, uchastkalar) dan iboratdir. Ularning har biri xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayonining ma’lum funksiyalarini bajaradi va ular bir- biri bilan texnologik jarayonning bajarilish tartibiga va bir-birini ta’minlash usullariga bog ‘liq bo ‘lib, ularning maqsadi ishlab chiqarish dasturini bajarishga qaratilgan.