mulk shakliga ko‘ra − davlat, qo ‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa turdagi korxonalarga ajratiladi;
qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko ‘ra − korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko ‘mir qazib chiqarish, sug ‘urta va hokazo) sohalariga mansub bo ‘lishi mumkin;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra − korxonalar sanoat, qishloq xo ‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo ‘linadi;
texnologik umumiyligiga ko‘ra − korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo ‘linadi;
tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra − barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo ‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;
foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra − sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi;
yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra − korxonalar mavsumiy va yil bo ‘yi faoliyat yurituvchilarga bo ‘linadi;
hajmiga ko‘ra −korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi;
ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra −korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi;
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra − korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo ‘linishi mumkin;