Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə7/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi





















II-BOB. KORXONA – MILLIY IQTISODIYOTNING ASOSIY BO ‘G ‘INI SIFATIDA




Tayanch so ‘z va iboralar.
Korxona, turlari, ishlab chiqarish- texnik birlik, tashkiliy-iqtisodiy birlik, umumiy tuzilma, ishlab chiqarish tuzilmasi, sex,uchastka, ish o‘rni.
2.1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o‘rni va roli.
Ishlab chiqarish korxonasi iqtisodiyotning asosiy, yetakchi bo‘g ‘ini hisoblanadi. Chunki, aynan korxonalarda asosiy ishlab chiqarish jarayonlari keng avj oladi, mehnat va ishlab chiqarish tashkil qilinadi, iqtisodiy munosabatlar amalga oshiriladi, moddiy boyliklar yaratiladi.
Yuridik shaxs huquqiga ega bo ‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo ‘jalikni to ‘la yuritish huquqi bo ‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi asosida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt korxona hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalariga zavodlar, fabrikalar, shaxtalar,karyerlar va boshqa ishlab chiqarish xarakteridagi xo‘jalik tashkilotlarini kiritish mumkin.
Xodimlar, asosiy vositalar, axborot va mablag ‘lar korxonaning ichki muxitini tashkil etadi. Ichki muxit komponentlarining o‘zaro ta’siri natijasida tayyor mahsulot yaratiladi.
Hech bir korxona tashqi muhitdan ajralgan xolda faoliyat ko‘rsatmaydi. Korxona faoliyati samaradorligini va maqsadga muvofiqligini belgilab beradigan tashqi muxit sifatida mahsulot istemolchilari, ta’minotchilar, shuningdek davlat organlari va korxona atrofida yashovchi axoli maydonga chiqadi.
Bugungi kunda Respublikamizda ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar soni quyidagi 2.1-jadvalda keltirilgan.

2.1-jadval.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin