Qisqa xulosalar. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob’yekti bu sanoat korxonasidir.
“Sanoat korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining predmeti deganda korxonalarning ishlab chiqarish - xo ‘jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning harakati va namoyon bo ‘lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy va ma’naviy harajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlovchi yuqori samarali ish usullarini ishlab chiqish tushuniladi.
“Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish “ fanining metodologik asosini dialektika bilimining umumiy nazariyasi tashkil etadi. Bu nazariyaga binoan masalalar va voqeliklar o‘zaro aloqadorlikda, bir-birini taqozo etish, vaqt va fazoda ularning o‘zgarishi va rivojlanishida eskilik bilan yangilikning kurashida ko ‘rib chiqiladi.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida bu fan har turli xususiy usullardan, jumladan, mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog ‘liq bo‘lgan normativ usul, extimollar), iqtisodiy - matematik modellashtirish, optimallashtirish, modellashtirish, anketalash, ekspertli baholash, iqtisodiy eksperiment (tajriba) dan foydalanadi
Nazorat savollari. “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish “ fanining ob’yekti nima?
Fanning predmeti deb nimani tushunasiz?
Fanning maqsadi nimalardan iborat?
Fanning vazifalarini so ‘zlab bering?
Fan boshqa iqtisodiy fanlar bilan qanday bog ‘langan?
“Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish “ fanining iqtisodiy fanlar ichidagi o‘rni?
Fan qanday bo‘limlarni o ‘rganadi?
Fanni o‘rganish uslubiyati qanday?
Fanning mohiyati nimadan iborat?
Yuqori samaradorlikka erishishda ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning ahamiyati nimada namoyon bo ‘ladi?