Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Iqtisodiy faoliyat turlari bo ‘yicha ishlab chiqarish hajmi tarkibi2



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə9/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Iqtisodiy faoliyat turlari bo ‘yicha ishlab chiqarish hajmi tarkibi2

Iqtisodiy faoliyat turi

2017yil

2018 yil

Jami sanoat ishlab chiqarishi

100

100

Jumladan:







tog ‘-kon va ochiq konlarni ishlash

12.3

12.3

ishlab chiqaradigan sanoat

79.1

80.6

elektr, gaz, bug ‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalash

7.8

6.2

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya

0.8

0.9

Har qanday korxonaning maqsadi uning faoliyati asosida avvaldan fikran o‘ylangan, pirovard natijaga erishishdir. Ishlab chiqarish jamoasi hisoblangan korxonaning niyati uning rivojining ob’yektiv qonuniyatlarini va istiqbolini belgilash asosida amalga oshadi. Korxona o ‘z oldiga ongli ravishda maqsad qo‘yib fikriy model yarata oladi va unda ob’yektiv sharoitlarni inobatga oladi.


Korxonalar o‘z maqsadlariga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajaradilar. Masalan sanoat korxonalarining faoliyati hozirgi zamon shart-sharoitlari asosida quyidagi vazifalarni bajarishdan iborat:

  • iste’molchilarning o‘sib kelayotgan talablariga muvofiq yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish;

  • uzluksiz tarzda mehnat unumdorligini o‘stirib borish;

  • har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish, korxonaning rejada belgilangan topshiriqlarini o‘z vaqtida so‘zsiz bajarish;

  • asosiy ishlab chiqarish fondlaridan unumliroq foydalanish;

  • aylanma mablag ‘laridan foydalanishni yaxshilash:

  • xom ashyo — material resurslaridan tejamkorlik asosida foydalanish;

  • muntazam ravishda mahsulot tannarxini pasaytirib, korxona rentabelligini oshirish;

  • kadrlar madaniy-texnikaviy malakasi darajasini oshirish.

Har bir korxona boshqa korxonalardan eng avvalo mulk shakliga muvofiq, so‘ngra ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xususiyatlari, ishlab chiqarish tavsifi, o‘z miqyosi, joylashgan o‘rni,ishlab chiqarish aloqalari va boshqa ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi. Lekin ularning ishini tashkil etish va rejalashtirishda namunali, bir xil yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlari nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgani sababli ularni guruhlarga ajratish mumkin.
Mulkchilik shakliga ko ‘ra korxonalarning quyidagi turlari ajratiladi:

  • jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;

  • shirkat ( jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari, xo ‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga , jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarga qarashli korxonalar;

  • davlat mulkiga asoslangan korxonalar;

  • aralash mulkka asoslangan va qo ‘shma korxonalar;

Davlat korxonasi – bu davlat mulkiga asoslangan korxona. Davlat korxonasi huquqiy shaxs bo‘lib egalik qilish, umumxalq mulkining unga tegishli bo ‘lgan qismidan foydalanish va boshqarish huquqiga ega. Bundan korxonalar bilan faoliyati davlat rejasi asosida olib boriladi.
Qo‘shma korxonalar boshqa mamlakatlar ishtirokida bunyod qilingan korxonalar. Ular o‘zaro manfaatdorlik negizida hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa vazifalarni yechishga qaratilgan. Qo‘shma korxonalar sanoat, qishloq xo ‘jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va boshqa sohalarda tarkib topishi mumkin. Bu korxonalar asosan chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona o‘z mustaqil balansiga ega va mustaqil faoliyat yuritadi. Bugungi kunda chet el sarmoyasi asosida ishlayotgan korxonalar soni 7560 tani tashkil etib, o ‘tgan yilga nisbatan o‘sish 137%ni tashkil etdi.
Bundan tashqari korxonalar quyidagi belgilar bo ‘yicha tavsiflanadi:


1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin