Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Mas’uliyati cheklangan jamiyat −



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə12/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Mas’uliyati cheklangan jamiyat − bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan korxona.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo ‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog ‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo ‘ladilar.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat − bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan korxona.
Uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o ‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo ‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo ‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi. Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo ‘lmaydi.
Xo‘jalik shirkati − muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti.
Bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar.
Xo‘jalik shirkati to ‘liq shirkat yoki kommandit shirkat turlariga bo ‘linadi.
Aktsiyadorlik jamiyati − ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog ‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin