ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra − korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo ‘linadi.
Respublikamizda so ‘ngi yillarda kichik korxonalar tashkil etishiga katta e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’yektlarti soni 2.3.–jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval.
Ro ‘yxatga olingan kichik biznes sub’yektlari soni.3
Tashkiliy huquqiy shakliga ko ‘ra quyidagi korxonalar tashkil etiladi:
Xususiy korxona − bu mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo ‘lishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.