98
55-rasm. ИГ rusumidagi bir aylanishli pishang-tishli o‘lchash kallagi:
a
– sxemasi;
b
- umumiy ko‘rinishi.
Ko‘p aylanishli kallaklar
(55-rasm) bir aylanishli kallaklarga nisbatan
kattaroq ko‘rsatish ko‘lamini ta’minlaydi. Bunga yana bitta pishang uzatmasi
qo‘shilishi bilan erishiladi. Bu kallak ko‘p aylanishli bo‘lganligi uchun uning
sxemasi o‘qida aylanish sonini hisoblovchi mil o‘rnatilgan qo‘shimcha tishli
g‘ildirakcha ko‘zda tutilgan. Qolgan hamma sxematik va prinsipial yechimlari bir
aylanishli kallaklardagidek.
Pishang-tishli o‘lchash kallaklarining turlari bo‘linmalari qiymati bilan
farqlanadi. Kallaklar, asosan bo‘linmalari qiymati 0,001 mm va 0,002 mm ga teng
ishlab chiqariladi. Bo‘linmalari qiymati 0,001 mm bo‘lgan bir aylanishli
kallaklarning ko‘rsatish ko‘lami ± 0,05 mm ga va 0,002 mm lilarniki ±0,10 mm ga
teng. Ko‘p aylanishli kallaklarda esa bo‘linmalari qiymati 0,001 mm bo‘lsa,
ko‘rsatish ko‘lami 1 mm gacha, 0,002 mm bo‘lsa, 2 mm ga teng.
Dostları ilə paylaş: