116
Massaning qanday xarakter kasb etishi zamonaviy fizikada muhim ahamiyatga
ega.
Massani o‘lchash uchun qo‘llaniladigan o‘lchash
vositalarining bir qancha
turlari mavjud. Ularning eng qadimgisi – bu tarozilardir.
Tarozi
– jismning massasini unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi bo‘yicha
aniqlashga mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir.
Tarozilar kishilarning o‘zaro tovar ayirboshlash va savdo-sotiq ishlarini
amalga oshirishdagi ehtiyoji asosida yaratilgan hamda savdo,
ishlab chiqarish va
fanning rivojlanishiga bog‘liq ravishda takomillashib borgan.
Dastlabki tarozilar
teng yelkali, uchlariga iplar yordamida maxsus o‘lchash idishlari – tarozi pallalari
osilgan richagdan iborat bo‘lgan (69-rasm) va qadimgi Vavilon (eramizdan 2,5
ming oldin) hamda Misrda (eramizdan 2 ming yillar oldin) savdo ishlarida keng
qo‘llanilgan. Keyinchalik bir tomonida harakatlanuvchi toshi bo‘lgan, yelkalari
teng bo‘lmagan tarozilar paydo bo‘ldi (70 - rasm). Bunday tarozilarning nazariyasi
eramizdan oldingi IV asrda Aristotel tomonidan ham berilgan edi. XII asrda arab
olimi al-Xaziniy tortiladigan yuk solinadigan idishli
tarozi chizmasini yaratgan,
bunday tarozilarnining xatoligi 0,1% dan oshmagan va ular turli jismlarning
zichligini aniqlashda (qimmatbaho toshlarni, soxta tanga pullarni aniqlashda va
h.k.) qo‘llanilgan. 1586 yilda Galiley zichlikni aniqlashda
foydalanish uchun
maxsus gidrostatik tarozi loyihasini yaratdi. Tarozilarnng umumiy nazariyasi Eyler
tomonidan takomillashtirildi (1747 yil).
Ishlab chiqarish va texnikaning rivojlanishi tifayli og‘ir massali jismlarni
tortishga mo‘ljallangan o‘nlik (tarozi toshi massasining yuk massasiga nisbati
1:10) tarozilar (Kvintens, 1818 yil) va yuzlik tarozilar (V.Ferbenks, 1831 yil)
yaratildi. XIX asrning oxirlari – XX asrning boshlarida buyumlarni oqim usulida
ishlab chiqarishning qo‘llanilishi natijasida uzluksiz tortuvchi tarozilar (konveyr,
dozirovkali va boshq.) yaratildi. Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va
transportning turli sohalarida mahsulotlarning massalarini aniqlash uchun turli
konstruksiyali va shaklli tarozilar qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotlar uchun esa aniqligi
yuqori bo‘lgan tarozilar (analitik tarozi, mikroanalitik tarozi, tekshiruvchi tarozi,
...) yaratildi.
117
Tarozilarni qo‘llanilish sohasi bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
etalon tarozilar (tarozi toshlarini qiyoslash uchun ishlatiladi); laboratoriya tarozilari
(shu jumladan analitik tarozilar); umumiy qo‘llaniluvchi tarozilar (fan,
texnika va
xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘laniladigan tarozilar).
Ishlah prinsipiga ko‘ra esa quyidagi turlarga bo‘linadi: richagli tarozilar;
prujinali tarozilar; elektrotenzometrik tarozilar; gidrostatik
tarozilar va gidravlik
tarozilar.
69-rasm. Qadimgi Misr richagli tarozisi.
70-rasm. Teng yelkali richagli tarozi sxemasi: О —
tarozi shayini (AB) ning tayanch nuqtasi; С va P
0
—
strelkali shayinning tortilish markazi va og‘irligi; ОС
= с — shayinning tayanch nuqtasi bilan tortilish
markazi orasidagi masofa; Р —jism og‘irligi; р —
shayinning tortilish markazining siljishini
muvozanatlashtiruvchi ortiqcha yuk; l — shayin
yelkasi; r — strelka uzunligi; h — strelkaning
og‘ishi.
71-rasm. Yelkalari teng bo‘lmagan richagli tarozining sxemasi: P – doimiy o‘zgarmas yuk; N –
Dostları ilə paylaş: