114
Universal o‘lchash mikroskoplari
- asbob
mikroskoplaridan kattaroq
o‘lchash ko‘lamlari va oshirilgan aniqligi bilan farqlanadi. Mashinasozlik
zavodlarida UIM-21 universal mikroskoplari ko‘proq tarqalgan (68-rasm).
Mikroskop bikr quyma stanina (13), bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda
harakatlanuvchi karetkalarga ega. Bo‘ylama karetka (2) da markaz babkalar (3)
o‘rnatiladigan silindrik yo‘naltiruvchi ariqcha bor. Karetkaning bu tayanch yuzalari
buyum stoli va har xil moslamalar o‘rnatish uchun ham xizmat qiladi. Ko‘ndalang
karetka (11)
ning tagida yoritish tizimi, ustida esa vizir mikroskop (8) o‘rnatilgan
ustun (7) joylashtirilgan.
Asbob mikroskopdagidek ustun (7) ni mikroskopi bilan maxovikcha (9)
yordamida gorizontal o‘qi atrofida engashtirish mumkin. Stoykaning aylanish o‘qi
bo‘ylama karetka babkalarining markaz chizig‘i bilan kesishadi. Ikkala karetkada
bo‘linmalari 1 mm ga teng bo‘lgan, o‘tuvchi nur
bilan yoritiladigan shisha
shkalalar o‘rnatilgan.
Shkalalar ustida bo‘linmalari 0,001 mm ga teng bo‘lgan spiral noniusli
sanash mikroskoplari (4) va (5) joylashtirilgan. Karetkalarni
kerakli holatga tez
surish murvatlar (14) va (15) bo‘shatilganda, aniq o‘rnatish esa murvatlar (14) va
(15) mahkamlangandan keyin, mikrometrik murvatlar (1) va (12)
yordamida
amalga oshiriladi.
68-rasm. Universal o‘lchash mikroskoplari:
a
– УИМ-21 mikroskopi;
b
– УИМ-23 mikroskopi.
115
Har ikki karetkaning yo‘naltiruvchilari kam ishqalanishi va o‘rnatishning
yuqori aniqligini ta’minlovchi soqqali podshipniklarda bajarilgan. Vertikal
yo‘nalishda mikroskop kronshteyni kremalera (6)
yordamida suriladi, tugal
fokuslash uchun tubus kerakli holatga halqa (10) ni aylantirish bilan keltiriladi.
Mikroskop almashinuvchi obyektiv (1) va burchak o‘lchovchi, profil va qo‘sh
tasvirli kallaklar bilan jihozlangan. УИМ-21 mikroskopining o‘lchash ko‘lami
bo‘ylama yo‘nalishda 0 dan 200 mm gacha, ko‘ndalang yo‘nalishda 0 dan 100 mm
gacha, burchak oichamlari 0 dan 360° gacha (burchak kallagining bo‘linmalari l' ga
teng). Bosh mikroskopining kattalashtirishi qo‘llangan
obyektivga qarab, 10; 15;
30 yoki 50 martagacha bo‘ladi. Proyeksiyalovchi mikroskop УИМ-23 ni ta’rifi
УИМ-21 ga o‘xshaydi. Unda bosh va sanash mikroskoplari ishni osonlashtiruvchi
proyeksiyalash qurilmalari (1, 2) va (3) ga almashtirilgan. УИМ-23 mikroskopida
УИМ-21 dan farqlovchi ravishda o‘tirib
ishlash mumkin, bu kuzatuvchi ishini
yengillashtiradi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: