110
usullari bilan farqlanadi. Kontaktli interferometrda (65-rasm) yorug‘lik
oqimi
chiroq (1) dan kondensor (2) dan parallel taram shaklida chegaralovchi diafragma
(3) dan o‘tadi (ayrim o‘lchashlarda diafragma (3) dan keyin yorug‘lik filtri
kiritiladi). Parallel nur tarami pastki yuzasida
yarim shaffof qoplamasi bor
ayiruvchi plastinkaga tushadi. Plastina (6) fazoda ikkita kogerent nur taramlarini
hosil qilish uchun xizmat qiladi. Birinchi taram plastina (6)
ning pastki yuzasidan
qaytib, qo‘zg‘almas ko‘zgu (5) ga yo‘naltiriladi va undan qaytib, yana plastina (6)
dan o‘tib, obyektiv (7) dan o‘tadi va chiziqli shkalasi bor plastina (8) ga tushadi.
Nurning ikkinchi tarami plastina (6) dan keyin kompensator (10) dan o‘tadi
va o‘lchovchi tayoqcha uchida joylashgan ko‘zgu (10) ga tushadi. Ikkinchi nur
tarami ko‘zgu (11) dan qaytgandan keyin, teskari yo‘nalishda ketadi va plastina (6)
dan qaytib, birinchi nur taramidek plastina (8) ga tushadi. Agar birinchi va ikkinchi
nur taramlarining o‘tgan
optik yoilari farqlansa, plastinaning shkalasi fonida
interferension tasvir paydo bo‘ladi. Bu tasvir okulyar (9) orqali operator tomonidan
kuzatiladi. O‘lchovchi tayoqcha (12)
siljiganda, interferension tasvir joyidan
ko‘chadi.
65-rasm. Kontaktli interferometr:
a
– interferometr naychasining sxemasi;
b
– okulyar sanashli vertikal interferometrning umumiy ko‘rinishi.
111
Vertikal interferometr konstruksiyasini (65b-rasm) og‘ir ustunga o‘rnatilgan
interferometr naychasidek tasavvur qilish mumkin.
Joriy va tekshiriluvchi
o‘lchovlar stol (14) da joylashtiriladi. Operatordan chiqqan issiqlikni chegaralash
uchun ekran (13) o‘rnatilgan. Gorizontal
interferometrlar ham mavjud, lekin ular
kam tarqalgan. Interferometr naychasi bo‘linmalarining qiymati 0,05 mkm dan 0,2
mkm gacha o‘zgartirilishi mumkin. Shkala bo‘linmalarining soni 100 (±50); bu
ko‘rsatish ko‘lamini joriy qiladi. Vertikal interferometrning o‘lchash ko‘lami 150
mm gacha, gorizontalniki - 500 mm gacha bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: