192
Tekshirilayotgan gaz aralashmasining temperaturai issiqlik almashtirgich 1
yordamida turg‘unlashadi. Aralashma sarfining doimiyligi o‘lchash o‘zgartkichi 2
ni rotametr 3 orqali shuntlash yo‘li bilan ta’minlanadi. Shu sababli tizim
kirishidagi gaz sarfining tebranishlari o‘zgartkichdan o‘tish tezligiga ta’sir
qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi bosimlar farqi doimiy bo‘lib qoladi.
O‘zgartkichning gazli bo‘shlig‘i ko‘ndalang kanalli halqa kamera 4 shaklida
diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning kirish
qismi doimiy magnit maydon
orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt3, Rt4 ikki seksiyali platina chulg‘amlar
o‘rnatiladi, bu chulg‘amlarning qarshiligi nomuvozanat ko‘prikning ikki yelkasini
hosil qiladi. Agar boshlang‘ich aralashmada kislorod bo‘lmasa, ko‘ndalang
kanalda harakat bo‘lmaydi. Aralashmada kislorod bo‘lsa, uning molekulalari
magnit maydoniga yo‘nalib, kanalga tortiladi. Rt chulg‘amlar o‘lchash sxemasi
manbaining toki ta’sirida 1ОО...2ОО°C gacha qizdirilgani sababli kanal 4 ga
kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Temperatura ko‘tarilishi
bilan magnitning
kislorodga ta’siri kamayadi, shuning uchun gazning yangi qismi magnit maydon
xududiga tortilib, qizigan kislorodni xalqa kameraga itaradi.
Gazning hosil bo‘lgan konveksion oqimi issiqlikni asosan chulg‘amdan oladi,
shuning uchun seksiyalar temperaturai har xil bo‘lib qoladi.
R
t3
va R
t4
qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentratsiyasiga mutanosib
o‘zgarishi
natijasida, ko‘prikning o‘lchash diagonalida nobalanslik signali paydo
bo‘ladi. Bu signal shkalasi kislorodning foiz miqdorida darajalangan avtomatik
potensiometr orqali o‘lchanadi. O‘lchash ko‘prigi stabillashgan ta’minlash
manbaidan (STM) ta’minlanadi. Qarshilik R5 ko‘prik manbaining tok kuchini
o‘rnatish uchun xizmat qiladi; Rl va R2 doimiy manganin qarshiliklar.
Absorbsion-optik gaz analizatorlari.
Optik gaz analizatorlarida optik zichlik,
sindirish koeffitsiyenti va boshqa optik xossalarning
tekshirilayotgan komponent
konsentratsiyasiga
bog‘liqligidan
foydalaniladi.
Elektromagnit
nurlanish
jadalligining pasayishi yoki nurlanish oqimining tekshirilayotgan gaz spektorining
infraqizil, ultrabinafsha yoki ko‘rinadigan qismlaridagi yutilishini o‘lchashga
asoslangan absorbsion-optik usul ko‘proq tarqalgan.
193
Vodorod, ammiak, metan kabi gazlar infraqizil nurlarni, xlor, ozon, simob
bug‘lari esa ultrabinafsha nurlarni yutadi. Shuning uchun tahlil qilinayotgan
komponent turiga qarab bunday gaz analizatorlarida infraqizil
yoki ultrabinafsha
nurlanishdan foydalaniladi.
Spektrning infraqizil sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida nurlatkichlar
sifatida 700—800°С gacha qizdirilgan sim spirallaridan foydalaniladi. Spektrning
ultrabinafsha sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida esa gaz ryazryad lampasi
nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Optik-absorbsion gaz analizatorlarining ko‘pi differensial sxema bo‘yicha
qurilgan (133-rasm). Manba 1 dan olinadigan nurlanish oqimi yo‘lida yorug‘lik
filtrlari 2 orasidan tekshirilayotgan gaz aralashmasi o‘tadigan ishlovchi kamera 3
va aniqlanayotgan komponent qo‘shilmagan gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan
taqqoslash kamerasi 4 o‘rnatiladi. Qabul qilgich 5 ish va taqqoslash kameralaridagi
nurlanish
jadalligi farqini qabul qiladi, aniqlanayotgan komponent miqdoriga
mutanosib bo‘lgan nobalanslik signali esa kuchaytirgich 6 da kuchayib, o‘lchash
asbobi 7 da qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: