206
139-rasmda membranali pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan.
Tekshiriladigan suyuqlik nasos-dozator 1 yordamida so‘rib olinadi va issiqlik
almashgich 2 orqali silindrik idish 3 ga haydaladi, u yerdan kapillyar 4 orqali
sig‘im 5 ga oqib chiqadi. Kapillyar 4 idish 3 ning yon devorida joylashgan bo‘lib,
gidravlik kamera 7 ning yuqorigi membranasi 6 shu idishning tubi bo‘lib xizmat
qiladi. Gidravlik kamera ostida chiqarish soplosi 9 bilan pnevmatik kamera 8
joylashgan. Havo pnevmatik kameraga ma’lum 0,14
MPa
bosim bilan doimiy
drossel 10 orqali beriladi. Asbob aralashtirgichli dvigatel 12 bilan ta’minlangan
termostat 11 da joylashgan.
Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqligi o‘zgarganda uning idish 3 dagi
sathi o‘zgaradi. Buning natijasida gidravlik kameraning yuqorigi membranasi
egiladi va u o‘z navbatida qapqoq vazifasini bajaruvchi membrana 6 ni egilishga
majbur etadi. Natijada soplo 9 ning ochilish yoki yopilish darajasini o‘zgartiradi,
bu soplo pnevmatik kamera 8 ni atmosfera bilan tutashtirib turadi, bu yerda,
kamera 8 da havo bosimi o‘zgaradi va bu o‘zgarish o‘lchash asbobi 13 yordamida
o‘lchanadi. uning shkalasi bevosita kinematik qovushoqlik birliklarida
darajalangan.
139-rasm. Membranali pnevmatik viskozimetr sxemasi.
Dostları ilə paylaş: